Diffamatsiya — muayyan fuqaro yoki yuridik shaxs shaʼnini haqoratlaydigan haqiqiy yoki shubhali maʼlumotlarni (qoidaga koʻra, matbuotda) ommaviy tarqatilishi nazarda tutiladi. Diffamatsiya „tuxmat“ tushunchasidan shunisi bilan farqlanadiki, ushbu maʼlumotlar ishonchliligi holatida ham mavjud boʻladi, yaʼni „diffamatsiya“ tushunchasi „tuxmat“ tushunchasidan kengroq hisoblanishi orqali farqlanadi. Qator davlatlarda diffamatsiya uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilganOʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi.
Manbalar
Turkum:Huquqiy atamalar Turkum:Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi maqolalari Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquq