Maruf tumani— Afgʻonistonning Qandahor viloyatidagi tuman. Gʻarbda Arghistan tumani, shimolda Zabul viloyati va sharq va janubda Pokiston bilan chegaradosh. Aholisi 2006-yilda 200 ming kishini tashkil qilgan. Tuman markazi — Maruf shaharchasi, tumanning shimoliy qismida joylashgan. Bu tumanda 360 ta qishloq bor.

Afgʻon imperatori Ahmad Sho Baba umrining soʻnggi yillarida Ma’ruf tumanida yashagan.

Samee va Bayek daryolari tumandan oqib o'tadi.

2018-yil 22-fevral kuni Tolibon kuchlari tuman markazini egallagan.

Manbalar

Turkum:Qandahor viloyati tumanlari