Pochchoqul Hoji koʻchasi — shaxs nomi bilan ataluvchi koʻcha. Koʻcha Pochchoqul Hoji nomi bilan bogʻliq. Mahalla aholisi turli kasb bilan shugʻullangan. Soʻnggi oʻrta asrlarda koʻchada masjid, maktab va Gahband madrasasi, shuningdek, noma’lum qabr mavjud boʻlgan. Madrasa nomi binoni gahbandlik, ya’ni kumush va tillani aralashmalardan tozalovchi usta qurdirganligidan dalolat beradi. Toponim 1699-yil va 1797-yilda tuzilgan vaqfnomalarda uchraydi.
Manbalar
Turkum:Buxoro koʻchalari