Usto Shirin koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Shirin Murodov nomi bilan bogʻliq. Usto Shirin Murodov (1879–1957) oʻzbek xalq meʼmori. Sitorai Mohi Xosa saroyida, Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrining Buxoro zalida, Muqimiy nomli teatrda ganch oʻymakorligi ishlarini amalga oshirgan. Buxorodagi qator tarixiy obidalarda taʼmirlash ishlarini olib borgan.

Manbalar

Turkum:Buxoro koʻchalari