Kriptosporidioz – bu Apicomplex filumining Cryptosporidium jinsi protistlari keltirib chiqaradigan parazitar kasalligi hisoblanadi. Kriptosporidioz odatda tez va qisqa muddatli infektsiya sifatida kelib chiqadi. Kasallik asosan ovqat hazm qilish yoʻli bilan, koʻpincha ifloslangan suv orqali tarqaladi. Immunitet tizimi mustahkam odamlarda diareya asosiy simptom boʻlib, immun sistemasi kuchi past boʻlgan bemorlarda koʻpincha oʻlimga olib keladigan ogʻirroq alomatlar kuzatiladi.
Belgi va simptomlari Simptomlar infektsiya organizmga tushganidan 2-10 kun oʻtgach, oʻrtacha 7-kunida paydo boʻladi. Baʼzida simptomlar ikki haftada, baʼzi hollarda esa bir oygacha namoyon boʻladi. Immuniteti kuchli boʻlgan odamlarda kasallikning 3 xil shakli mavjuddir. Kasallik bir necha hafta davom etishi mumkin boʻlgan turlarida oʻtkir yoki surunkali diareyani keltirib chiqarishi mumkin. Bemorning axlatida juda kamdan-kam hollarda qon yoki oq qon hujayralari topilishi mumkin.
Shuningdek diareyadan tashqari, bemorlarda oshqozon ogʻrigʻi, tutqanoqlar va kuchsiz isitma paydo boʻlishi mumkin. Boshqa simptomlar orasida koʻngil aynishi, qusish, soʻrilishning buzilishi va suvsizlanish. Kasallik simptomsiz kechishi mumkin, lekin infeksiyaning bunday tashuvchilari boshqa odamlarga yuqtirish xavfi bor. Bemorda kriptosporidioz belgilari yoʻqolgach, u yana bir necha hafta davomida infektsiyani boshqalarga tarqatishi mumkin. Kriptosporidioz pankreatit va boshqa shu kabi boshqa jiddiy kasalliklarga olib kelishi aniqlangan.
Immuniteti kuchsiz odamlar va juda yosh yoki juda keksa yoshdagi odamlarda kriptosporidiozning yanada ogʻir shakliga oʻtishi mumkin. OITS bilan ogʻrigan bemorlarda kriptosporidiozning 4 ta klinik koʻrinishi mavjud: 4 % da simptomlar yoʻq, 29 % vaqtinchalik infektsiya, 60 % surunkali diareya va 8 % ogʻir vaboga oʻxshash infektsiyalar. Vaqtinchalik infektsiyasi boʻlgan bemorlarda diareya 2 oy ichida yoʻqoladi va axlatda kriptosporidium qoldiqlari topilmaydi. Surunkali diareya 2 oy yoki undan koʻproq davom etishi mumkin. Eng ogʻir holatlarda bemorlar kuniga kamida 2 litr atrofida suyuqlik yoʻqotadi, xattoki bemor kuniga 25 litrgacha suyuqlik yoʻqotish hollari uchrab turadi. OITS tipidagi kriptosporidioz bilan ogʻrigan bemorlar ogʻir soʻrilishning buzilishini boshdan kechiradilar va vaznining 10 % gacha qismini yoʻqotishlari mumkin. Bemorlarning koʻpchiligi bir marta kasalikka chalingach, ularning koʻpchiligi umrining oxirigacha kriptosporidiumdan butunlay qutula olmaydilar.
Parazitlar ichakdan tashqariga chiqganda, qayta yuqtirish holatlari nisbatan tez-tez uchraydi, ular oshqozon osti bez, oʻpka, oʻrta quloq va oshqozonga etib borishi mumkin. Parazit oʻt yoʻllari orqali oʻt fufagiga tushganda esa xolesistit va xolangitga olib keladi.
Ichak kriptosporidiozi Ichak kriptosporidiozining umumiy belgilari va simptomlariga quyidagilar kiradi:
Oʻrtacha va ogʻir suvli diareya, baʼzida shilimshiq va kamdan-kam hollarda qon yoki leykotsitlarni oʻz ichiga oladi. Juda ogʻir holatlarda diareya malabsorbtsiya va gipovolemiya bilan koʻp va vaboga oʻxshash boʻlishi mumkin. Past darajali isitma; Qorin ogʻrigʻi; Suvsizlanish; Ogʻirlikni yoʻqotish; Holsizlik Koʻngil aynishi va qusish – yuqori oshqozon-ichak traktining ishtirokini koʻrsatadi va respirator kriptosporidiozga olib kelishi mumkin; Epigastral yoki oʻng yuqori kvadrantning sezgirligining oshishi;
Kamroq tarqalgan yoki kam uchraydigan belgilar va alomatlarga quyidagilar kiradi:
Reaktiv artrit (qoʻllar, tizzalar, toʻpiqlar va oyoqlarga taʼsir qilishi mumkin); Sariqlik – gepatobilliar ishtirok etishini koʻrsatadi; Ascites – oshqozon osti bezi ishtirokini koʻrsatadi Cabada MM, White AC, Venugopalan P, Sureshbabu J (18 August 2015). Bronze MS (ed.). „Cryptosporidiosis Clinical Presentation“. Medscape. WebMD. Retrieved 8 January 2016. After an incubation period of 5–10 days (range 2–28 days), an infected individual develops watery diarrhea … fever may be low grade or nonexistent; … Diarrhea, with or without crampy abdominal pain, may be intermittent and scant or continuous, watery, and copious; sometimes, the diarrhea is mucoid. … Biliary tract involvement is seen in persons with AIDS who have very low CD4 cell counts and is common in children with X-linked immunodeficiency with hyper–immunoglobulin M (IgM). … Other signs related to GI illness include right upper-quadrant or epigastric tenderness, icterus, and, rarely, ascites related to pancreatic involvement. Reactive arthritis that affects the hands, knees, ankles, and feet has been described..
Nafas olish kriptosporidiozi Yuqori nafas yoʻllarining kriptosporidiozining belgilari quyidagilardan iborat:
Burun shilliq qavati, sinuslar, halqum yoki traxeyaning yalligʻlanishi; Burun oqishi Ovoz oʻzgarishi (masalan, boʻgʻilish);
Pastki nafas yoʻllarining kriptosporidiozining belgilari quyidagilardan iborat:
Yoʻtal; Nafas qisilishi; Isitma; Gipoksemiya Sponseller JK, Griffiths JK, Tzipori S (2014). „The evolution of respiratory Cryptosporidiosis: evidence for transmission by inhalation“. Clin. Microbiol. Rev. 27 (3): 575–86. doi:10.1128/CMR.00115-13. PMC 4135895. PMID 24982322. Recent evidence indicates that respiratory cryptosporidiosis may occur commonly in immunocompetent children with cryptosporidial diarrhea and unexplained cough. Findings from animal models, human case reports, and a few epidemiological studies suggest that Cryptosporidium may be transmitted via respiratory secretions, in addition to the more recognized fecal-oral route. … Upper respiratory cryptosporidiosis may cause inflammation of the nasal mucosa, sinuses, larynx, and trachea, accompanied by nasal discharge and voice change (54, 61, 62). Cryptosporidiosis of the lower respiratory tract typically results in productive cough, dyspnea, fever, and hypoxemia (63,–66). … While fecal-oral transmission is indisputably the major route of infection, transmission via coughing and fomites is also possible in situations of close contact (20). … Because they lacked gastrointestinal symptoms and oocyst excretion, the latter cases establish the possibility of primary respiratory infection with Cryptosporidium, which may have been acquired by inhalation of expectorated droplets or by contact with fomites. … This finding suggests that respiratory cryptosporidiosis may occur commonly in immunocompetent individuals.
Tarqalishi Qoʻzgʻatuvchi infeksiyalangan odam yoki hayvonning najasi bilan aloqa qilgan tuproq, suv, pishirilmagan yoki oʻzaro ifloslangan oziq-ovqat, zararli moddalar orqali yuqadi. Kriptosporidioz koʻpincha tashqi ochiq suv bilan doimiy aloqada boʻlgan odamlarda, shu jumladan suzish havzalari kabi rekreatsion suvlarda uchraydi. Boshqa potentsial manbalarga etarli darajada tozalanmagan hovuzlarda suvi yoki ifloslangan oziq-ovqat kiradi. Cryptosporidium oosistalarining xlorli oqartiruvchi kabi dezinfektsiyalash vositalariga nisbatan yuqori chidamliligi sababli ularga uzoq vaqt davomida tirik qolish va infektsiyani keltirib chiqarish qobiliyatini saqlab qolish imkonini beradi.
Epidemiologiyasi Kriptosporidioz butun dunyo boʻylab tarqalgan boʻlib suv bilan yuqadigan barcha parazitar kasalliklar ichida 50,8 % ni tashkil qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda meʼda-ichak kasalliklarining 8-19 % Cryptosporidium bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining 10 foizi oosistalarni tekshirish vaqtida aniqlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda bu raqam 1-3 % ga kamroq. Kriptosporidiozga eng koʻp moyil boʻlgan yosh guruhi 1 yoshdan 9 yoshgacha boʻlgan bolalardir.
Etiologiya link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/73/Cryptosporidiosis_01.png/300px-Cryptosporidiosis_01.png|thumb|394x394px| Cryptosporidium spp ning hayot aylanishi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi Apicomplexa filumining Cryptosporidium jinsining protistlaridir. Infeksiya parazitning dam olish bosqichi – oosistaning suv yoki oziq-ovqat bilan birga ovqat hazm qilish yoʻllariga tushishi bilan boshlanadi. Oosista tarkibidagi 4 ta sporozoit boʻlib oʻz qobigʻini tashlab, ichak epitelial hujayralari tomon harakatlanadi. Enterotsitlarga etib borgan parazit ichak hujayrasi bilan murakkab tashkil qiluvchi oʻzaro taʼsirli hududni hosil qiladi, shundan soʻng kriptosporidium atrofida ekstrasitoplazmatik parazitoforik vakuola hosil boʻladi. Uning himoyasi ostida keyingi patogen rivojlanishining barcha bosqichlari davom etadi. Hujayra ichidagi tuzilmalar (biz koksidiyalarda kuzatamiz) va hujayradan tashqaridagi (gregarinlar uchun xarakterli) chegarasida joylashgan parazitning bunday joylashishi Cryptosporidium. jinsi uchun noyobdir.
Patogenezi Ookistalar tuxumsimon yoki sharsimon boʻlib, diametri 5-6 mikrometrga etadi. Flotatsion preparatlar bilan boʻyalganda ular juda refrakter koʻrinishda boʻladi. Ookistlarda 4 tagacha kamon shaklidagi sporozoitlari mavjud Winn Jr., Washington; Allen, Stephen; Janda, William; Koneman, Elmer; Procop, Gary; Schreckenberger, Paul; Woods, Gail (2006). Konemanʼs Color Atlas and Textbook of Diagnostic Microbiology (6th ed.). Philadelphia: Lippincott Williams & Wilkins. pp. 1267–70..
2 dan 10 gacha ookistlar infektsiya manbayi boʻlishi mumkin. Parazit ingichka ichak epiteliy hujayralarining chegarasiga yaqinroq boʻlib, asosan ichak devorida joylashadi. Sporozoitlar biriktirilganda epiteliy hujayralarining membranasi ularni oʻrab oladi. Parazitlar biriktirilgan joydagi mikrovorsinkalarga zarar yetkazishi mumkin. Parazitni yuqtirganidan keyin bemor birinchi haftada eng koʻp ookistalarni ajratib chiqaradi. C. parvum yoki C. hominis infektsiyalari tufayli diareya toʻxtaganidan soʻng, ookistalar bir necha hafta davomida chiqarilishi mumkin, ammo C. muris infektsiyasi boʻlgan immunitetga ega boʻlgan shaxslar etti oy davomida ookistalarni chiqarib yurishi kuzatilgan Chappell CL, Okhuysen PC, Langer-Curry RC, Lupo PJ, Widmer G, Tzipori S (2015). „Cryptosporidium muris: infectivity and illness in healthy adult volunteers“. Am. J. Trop. Med. Hyg. 92 (1): 50–55. doi:10.4269/ajtmh.14-0525. PMC 4347390. PMID 25311695. C. muris-infected subjects shed oocysts longer than occurred with other species studied in healthy volunteers. Three volunteers shed oocysts for 7 months. … Thus, healthy adults are susceptible to C. muris, which can cause mild diarrhea and result in persistent, asymptomatic infection..
Polimeraza zanjiri reaktsiyasi (PCR) kriptosporidiozni tashxislashning yana bir usuli hisoblanadi. U hatto Cryptosporidiumning oʻziga xos turlarini ham aniqlay oladi. Agar bemorda billiar kriptosporidioz bor deb hisoblansa, ultratovush tekshiruvi tegishli diagnostika usuli hisoblanadi. Agar bu normal natijalarni qaytarsa, keyingi qadam endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya tekshiruv usulini oʻtkazish boʻladiChen W, Harp JA, Harmsen AG (April 2003). „Cryptosporidium parvum infection in gene-targeted B cell-deficient mice“. J. Parasitol. 89 (2): 391–3. doi:10.1645/0022-3395(2003)089[0391:CPIIGB]2.0.CO;2. PMID 12760662..
Diagnostikasi Kriptosporidiozni aniqlash uchun turli diagnostik usullar mavjud. Bularga mikroskopiya, boʻyash va antigenlarni aniqlash kiradi. Mikroskopiya usulida bemorning najasida oosistalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Oʻzgartirilgan ruh sulfat markazdan qochma suzuvchanlik usuli va Shelter shakar suzish usuli bilan najas namunasida sporokistalarni konsentratsiyalash va aniqlash uchun ishlatiladiMurray, Patrick R., Ken S. Rosenthal, and Michael A. Pfaller. Medical Microbiology. 5th ed. Philadelphia: Elsevier Inc., 2005: 855—856.. Boʻyash usullari ookistalarga qizil rang berish uchun kislotaga chidamli boʻyashni oʻz ichiga oladi. Ingichka ichakning bir qismi gematoksilin va eozin bilan boʻyalgan boʻlishi kerak, bu epiteliyda hujayralariga biriktirilgan oosistalarni aniqlaydi. Bundan tashqari, auramin bilan boʻyalgan namunalarning lyuminestsent mikroskopiyasi qoʻllanadi.
Davolash