Sophie Cookson (1990-yil 5-iyunda tugʻilgan) – britaniyalik aktrisa. 2014-yilda suratga olingan Kingsman:Maxfiy xizmat josuslik filmi va uning 2017-yilgi davomi hisoblanmish Oltin halqa nomli filmidagi maxfiy agent Roxanne „Roxy“ Morton / Lancelot obrazi va BBC One efirga uzatgan dramatik serial The Trial of Christine Keelerda bosh rol boʻlmish Christine Keeler obrazini gavdalantirgani bilan mashhur.
Yoshligi Cookson Sussexda, keyinroq Suffolkda tarbiyalangan va u yerdagi Woodbridge maktabida oʻqigan. U bolaligidan qoʻshiq aytish va musiqali teatr sohasi bilan shugʻullangan. Yaponiya boʻylab gastrol qilgan teatr kompaniyasining tarkibida boʻlganidan soʻng, Edinburg universitetida sanʼat tarixi va arab tilini oʻrganish uchun aktyorlikni tark etishga qaror qiladi. Biroq, u tez orada aktrisalik faoliyatini davom ettirish uchun oʻqishni tashlab, uch yil Oxford drama maktabida tahsil oladi va 2013-yilda uni tamomlaydi.
Faoliyati Aktrisa Oxford drama maktabida tahsil olayotganida J. Meade Falknerning shu nomdagi romani asosidagi Sky One efirga uzatgan miniserial Moonfleetda Grace Mohune rolini ijro etadi. 2014-yilning boshida nemis televizion tarmogʻi ZDF tomonidan ishlab chiqarilgan Rosamunde Pilcherning Unknown Heart romani uchun moslashtirilgan filmida Millie Lancaster obrazida paydo boʻladi.
Shuningdek, 2014-yilda Cookson Lee Tamahorining Emperor filmida ayol bosh roliga tayinlangan edi. Ushbu obraz epik imperator Adrien Brody qarshisida Muqaddas Rim imperatori Karl Vtomonidan otasini qatl qilgani uchun qasos olmoqchi boʻlgan yosh ayol haqida boʻladi. Film 2017-yilda Cannesda tugatiladi va namoyish etilishi rejalashtiriladi, ammo uning chiqarilishi huquqiy qiyinchiliklar bilan boshqa muddatga suriladi. 2018-yilda u Trafalgar Studiosda Orlando Bloom bilan birga Killer Joe spektaklida Dottie rolini oʻynadi.
Shaxsiy hayoti 2017-yilda u aktyor Stephen Campbell Moore bilan Red Joan toʻplamida uchrashib qolishadi; ular 2018-yilning noyabr oyida ishqiy munosabatda boʻla boshlashganligi xabar qilingan. Ularning 2020-yilda tugʻilgan bir nafar farzandlari bor.
Filmografiyasi
Filmlarda +Filmlar va koʻrinishlar roʻyxatiYilSarlavhaRolIzohlar2014Kingsman: The Secret ServiceRoxanne „Roxy“ Morton / Lancelot2016The Huntsman: Winter’s WarPippa2017The CrucifixionNicole RawlinsKingsman: The Golden CircleRoxanne „Roxy“ Morton / Lancelot2018Red Joanyosh Joan SmithAshes in the SnowOna2019GreedLily McCreadie2021InfiniteNora Brightman
Televizion rollari +Televizion koʻrinishlar roʻyxatiYilSarlavhaRolIzohlar2013MoonfleetGrace MohuneMiniserial2014Unknown HeartMillie LancasterTelevizion film2017GypsySidney PierceBosh rol2019-2020The Trial of Christine KeelerChristine KeelerBosh rolTBAThe Confessions of Frannie LangtonMadame Marguerite BenhamMiniserial
Mukofotlar va nominatsiyalari +Gʻolib boʻlgan mukofotlar va nominatsiyalar roʻyxatiYilMukofotKategoriyaNomzod ishNatija2015Empire AwardsBest Female NewcomerKingsman: The Secret Service 2020Newport Beach Film FestivalFestival Honors Award – BreakthroughGreed 2022Golden Raspberry AwardsWorst Supporting ActressInfinite
Manbalar
Havolalar
Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar