Oleksandr Rafkatovich Abdullin (, 1962-yil 29-iyunda Kievda tugʻilgan) — ukrainalik jurnalist va siyosatchi.

Lavozim va ish joylari

1979—1981-yillarda — „Tochelektroprilad“ zavodida tokar, Kiev 1981—1983-yillar — harbiy xizmat 1983—1989-yillar — Taras Shevchenko nomidagi Kiev Milliy universiteti jurnalistika fakulteti talabasi 1985—1987-yillar — „Ukrainadan yangiliklar“ gazetasining muxbiri 1987—1992-yillar — „Robitnicha gazeta“ muxbiri va biznes menejeri (ing. — Mehnat gazetasi) 1992—1993-yillar — „Inter Trade“ kompaniyasi direktori 1993—1995-yillar — „Respublika“ korporatsiyasi vitse-prezidenti 1995—1998-yillar — „Intergaz“ YoAJ prezidenti, Kiyev

Mukofotlar

1997-yilda Ukrainada xizmat koʻrsatgan jurnalist Chernobil halokatini bartaraf etuvchi I va II darajali Avliyo Knyaz Vladimir ordeni, Rim papasi Ioann Pavel II diplomi va I darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ medali (Afgʻoniston faxriylari ittifoqi) II va III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordenlari Ukraina Oliy Radasining diplomi (2005).

Oliy Rada deputati

3-Ukraina Oliy Radasi (1998—2002)

1998-yil oktyabrdan 2002-yil aprelgacha — 3-Oliy Radaning xalq deputati sifatida Kiev viloyatidagi 97-saylov uchastkasidan 48,8 % ovoz olib 9 nafar raqibini ortdda qoldirib deputatlikkka saylangan. Saylovlar davomida u Kiev shahridagi „Intergaz“ YoAJ prezidenti lavozimida faoliyat yuritar edi. 1999-yil fevraldan 2001-yil aprelgacha — „Vidrodzhennya regioniv“ guruhi aʼzosi (ing. — Hududlarning tiklanishi) 2001-yil apreldan — „Demokratik ittifoq“ partiyasi fraksiyasi aʼzosi 1999-yil fevraldan — Qurilish, transport va kommunikatsiyalar qoʻmitasi aʼzosi 1998-yil mart — Ukraina Xristian-Demokratik partiyasidan xalq deputatligiga nomzod.

4-Ukraina Oliy Radasi (2002—2006) Abdullin „Ukraina Demokratik partiyasi — Demokratik ittifoq partiyasi“ siyosiy partiyalari saylov bloki tomonidan koʻrsatilgan va Rovno viloyatidagi 156-saylov uchastkasidan saylangan. U 34,86 % ovozga ega boʻlib, 14 nafar raqibini ortda qoldirgan. Saylov paytida Abdullin Ukraina xalq deputati, „Demokratik ittifoq“ partiyasi aʼzosi, „Birlashgan Ukraina“ fraksiyasi aʼzosi (2002-yil may — iyun), Yevropa tanlov guruhi aʼzosi (2002-yil iyun — dekabr), fraksiya aʼzosi edi. Shuningdek, SDPU (20020yil dekabr — 2005-yil mart), 2005-yil mart oyidan Yuliya Timoshenko bloki aʼzosi va Atrof-muhit siyosati, tabiiy resurslar va Chornobil avariyasi oqibatlarini bartaraf etish qoʻmitasi aʼzosi (2002-yil iyunidan) boʻlgan. Deputatlikni qabul qilgan sanasi 2002-yil 14-may Partiyaga mansubligi (saylov vaqtida) Demokratik ittifoq partiyasi Taʼlim oliy Kasb-hunar Jurnalist Oldingi ish joyi Ukraina deputati Qoʻmita Ekologik siyosat, tabiiy resurslar va Chornobil avariyasi oqibatlarini bartaraf etish qoʻmitasi Qoʻmitadagi lavozim qoʻmita aʼzosi Fraksiya SDPU fraksiyasi; „Birlashgan Ukraina“ fraksiyasi aʼzosi (2002-yil may — iyun)

5-, 6-, 7- va 8-Ukraina Oliy Radasi (2006-yildan hozirgi kungacha) 2006-yil aprel oyida Abdullin Yuliya Timoshenko bloki partiyaviy roʻyxatida 74-oʻrinni egallab, 5-Oliy Radaning Ukraina xalq deputati etib saylandi. Saylov vaqtida: Ukraina xalq deputati, „Vatan“ Butun Ukraina ittifoqining aʼzosi edi. Atrof-muhit siyosati, tabiiy resurslar va Chornobil avariyasi oqibatlarini bartaraf etish qoʻmitasi aʼzosi (2002-yil iyundan), Yuliya Timoshenko bloki fraksiyasi aʼzosi (2006-yil may oyidan), rais oʻrinbosari (2006-yil avgustdan) vazifalarida ham faoliyat yuritgan.

2007-yil noyabr oyida u Yuliya Timoshenko blokining partiya roʻyxatida paydo boʻlgan 6-Oliy Radaga saylandi. 2012-yilda „Vatan“ partiyasi roʻyxati boʻyicha parlamentga qayta saylangan.

2014-yilgi Ukraina parlament saylovlarida u yana parlamentga qayta saylandi; bu safar „Vatan“ saylovchilar roʻyxatida 17-oʻrinni egallagan edi.

2019-yilgi Ukraina parlament saylovlarida Abdullin bu safar saylov roʻyxatida 11-oʻrinni egallaganidan keyin yana „Vatan“ partiyasidan parlamentga qayta saylandi.

Shaxsiy hayoti Abdullin 1962-yil 29-iyunda Kievda tugʻilgan U ingliz va fransuz tillarini biladi. U qurilish kompaniyasi dizayneri Tetyana (1962-yilda tugʻilgan) bilan turmush qurgan. Ularning ikki qizi bor: Yevgeniya (1988-yilda tugʻilgan) va Oleksandra (1991-yilda tugʻilgan).

Manbalar: 1.|refs=

2.

3.

4.

5.

6.

7.}}

Havolalar

Oliy Radaning rasmiy veb-saytida Aleksandr Abdulinning profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1962-yilda tugʻilganlar