Ravgʻangaron koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Ravgʻangaron soʻzi „yogʻ-moy tayyorlovchilar“ maʼnosida. Bu mashgʻulotdan tashqari koʻchada kamar, doʻppi, jiyak, gʻilof tikuvchilar yashagan. Koʻchada Husaynboy madrasasi, Zohid Xoʻja madrasasi, masjid va hovuz boʻlgan. Koʻcha nomi 1643-yil va 1735-yilda tuzilgan vaqf hujjatlarda uchraydi.

Manbalar

Turkum:Buxoro koʻchalari