Farida Afroʻz (Farida Boʻtayeva) – 1956-yil 5-martda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutida tahsil olgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Asarlari  Shoiraning „Qirq kokilligim“ (1986), „Iztirob koʻylagi“ (1992), „Tunlar isyoni“ (1994), „Koʻzim manim…“ (1999), „Oʻzimdan oʻzimgacha“ (2001), „Ushshoq“ (2004), „Tasbih“ (2006), „Oʻsha kun bugundir“ (2012) nomli sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Bundan tashqari uning „Qirq qoʻshiq“, „Ayol qalbi“, „Kel, bugunni bayram qilaylik“ audio kitoblari disk shaklida chiqib, adabiyot ixlosmandlari koʻnglidan joy oldi. Uning sheʼrlari bir qator xorijiy tillariga tarjima qilindi. Farida Afroʻz „Qurbonjon dodhox“ (2000) tarixiy dramasini ham yozdi.

U 1999-yili "Shuhrat" medali, 2001-yili "Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi" koʻkrak nishoni, 2017-yili Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.

Mukofotlar 1999-yili "Shuhrat" medali,

2001-yili "Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi" koʻkrak nishoni.

2017-yili Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.

2025-yili O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari Turkum:Oʻzbekistonlik shoiralar