Medhi Amine El Mouttaqi Benatia (1987-yil 17-aprelda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Benatia xalqaro oʻyinlarda Marokash terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U terma jamoa safida 66 ta xalqaro oʻyinda ishtirok etgan va eng muhimi, 20 yil ichida birinchi Jahon kubogida sardorlik qilgan.

Hayoti Benatia Fransiyaning Kurkuron shahrida marokashlik ota va jazoirlik ona oilasida tug‘ilgan.

Klublardagi faoliyati

Marsel Benatia 2003-yilda „Marsel“ga kelib qoʻshilgan va ular bilan ilk professional shartnomasini imzolagan. Tours va Lorientda ijarada oʻynaganidan soʻng, u 2008-yilning 1-iyulida Liga 2 klubi „Clermont“ga tekinga oʻtib ketadi.

Udinese 2010-yilning 1-iyulida Benatia A Seriyaning „Udineze Calcio“ klubiga yana erkin agent sifatida oʻtadi. U „Udineze“ safida 80 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan.

Roma 2013-yilning 13-iyulida Benatia 13,5 million yevro evaziga Romaga transfer qilindi va 5 yillik shartnomaga imzoladi. 26-sentyabr kuni Benatia klub safida birinchi golini „Sampdoriya“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi.

Bavariya link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/85/CSKA-Bavaria_%2811%29.jpg/170px-CSKA-Bavaria_%2811%29.jpg|thumb| Benatiya 2014-yilda „Bavariya“da oʻynagan 2014-yil 27-avgustda Myunxenning „Bavariya“ klubi Benatiani 26 million yevro evaziga Roma klubidan transfer qildi va besh yillik shartnoma imzoladi. „Bavariya“dan tashqari Benatia uchun „Manchester City“, "Chelsea", "Barcelona" va "Real Madrid" kabi klublar kurash olib bordi. U „Roma“ni tark etganidan hafsalasi pir boʻlganini aytadi va klub uni pul uchun sotib yuborganligini taʼkidlab oʻtadi. Buni eshitgan „Roma“ prezidenti Jeyms Pallotta gʻazablanib, „poisonous liar“ (yolgʻonchi) boʻlgani uchun uni sotib yuborganini aytib javob qaytaradi.

Yuventus link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5a/Icc-16_43826041182_o_%2850121710307%29_-_Medhi_Benatia_%28cropped%29.jpg/170px-Icc-16_43826041182_o_%2850121710307%29_-_Medhi_Benatia_%28cropped%29.jpg|left|thumb| Benatia „Yuventus“ bilan 2018-2019-yilgi mavsumoldi oʻyinlarida 2016-yilning 15-iyulida Italiya chempioni "Yuventus" Benatiani 3 million yevro evaziga Bavariyadan 17 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi. U klubdagi debyutini 27-avgust kuni A Seriya doirasida „Lazio“ ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi.

2017-yilning 10-martida Benatia „Yuventus“ stadionida A Seriya doirasida „Milan“ga qarshi o‘yinda (2:1) „Yuventus“ safidagi ilk golini urdi. 12-may kuni „Yuventus“ Benatiani 2020-yilgacha doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalandi.

Al-Duhayl 2018-2019-yilgi mavsumning birinchi yarmida atigi beshta o‘yinda maydonga tushganidan so‘ng, 2019-yilning yanvar oyida Benatia Qatar Yulduzlar ligasining „Al-Duhail“ klubiga o‘tdi. 28-yanvar kuni „Yuventus“ Benatia transferidan 8 million yevro va bonuslar bilan 2 million yevro ishlab oldi. U 16-fevral kuni Qatar Yulduzlar ligasida „Al-Sayliya“ga qarshi o‘yinda (1:0) „Al-Duhail“ safida debyut qildi.

Fotih Karagümrük 2021-yilning yozida u Turkiya Superligasining „Fotih Karagumruk“ klubiga oʻtdi. U 2021-yil 9-dekabrda professional futbol faoliyatini yakunlashdan oldin oltita ligada oʻynadi.

Terma jamoadagi faoliyat link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9c/Morocco_vs_Algeria%2C_June_04_2011-5_-_Medhi_Benatia_%28cropped%29.jpg/170px-Morocco_vs_Algeria%2C_June_04_2011-5_-_Medhi_Benatia_%28cropped%29.jpg|thumb| Benatia 2011-yil iyun oyida Jazoirga qarshi oʻyinda. Benatia Marokash terma jamoasi safida debyutini 2008-yil 19-noyabrda Kasablankadagi Muhammad V stadionida Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (3:0) o‘tkazdi. U oʻzining birinchi golini 2011-yilning 4-iyunida „Stad de Marrakech“ stadionida Afrika Millatlar kubogi-2012 saralash bosqichi doirasida Jazoirga qarshi oʻyinda urdi.

Faoliyat statistikasi

Klub + Klub safida mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarKlubMavsumLigaMamlakat kubogiKontinentalBoshqaUmumiyLeagueOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarTours (ijara)2006-07Ligue 229010—00300Lorient (ijara)2007-08Ligue 10010—0010Clermont2008-09Ligue 227110—002812009-10Ligue 230100—20321Total57210—20602—Udinese2010-11Serie A34300——3432011-12Serie A27100111—3822012-13Serie A1920060—252Total80600171—977—Roma2013-14Serie A33540——375Bayern Munich2014-15Bundesliga1512071002422015-16Bundesliga14110601022Umumiy2923013110463—Juventus2016-17Serie A1511050002112017-18Serie A2023280103242018-19Serie A5000100060Umumiy4034214010595—Al-Duhail2018-19Qatar Yulduzlar ligasi711071—1522019-20Qatar Yulduzlar ligasi1802060—2602020-21Qatar Yulduzlar ligasi1301050—190Total3814018100602—Fatih Karagümrük2021-22Süper Lig6000000060Umumiy312191826234039624— Xalqaro + Terma jamoa safida yil boʻyicha oʻyinlar va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarMarokash200970201040201151201280201370201440201540201640201791201880201950Umumiy662

+ Medhi Benatia tomonidan kiritilgan xalqaro oʻyinlardagi gollar roʻyxatiNo.SanaMaydonRaqibHisobNatijaCompetition1 2011-yil 4-iyun Stade de Marrakech, Marrakech, Marokash 1-0 4-0 2012-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashi2 2017-yil 11-noyabr Stade Félix Houphouët-Boigny, Abidjan, Kot-dʼIvuar 2-0 2-0 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/15/Juventus_Football_Club_2016-17.jpg/220px-Juventus_Football_Club_2016-17.jpg|thumb| Benatia (chapdan beshinchi) „Yuventus“ safida Marsel

UEFA Intertoto kubogi: 2005-yil

Bavariya

Bundesliga: 2014-15, 2015-16 DFB-Pokal: 2015-16

Yuventus

A Seriya: 2016-17, 2017-18, 2018-19 Italiya kubogi: 2016-17, 2017-18 Italiya Superkubogi: 2018-yil UEFA Chempionlar ligasi 2-oʻrin: 2016-17

Al-Duhayl

Qatar Yulduzlar ligasi: 2019-20 Qatar Amir kubogi: 2019

Shaxsiy sovrinlari

Yilning CAF jamoasi aʼzosi: 2013, 2014, 2015, 2018 Mars d’Or (Eng yaxshi Marokash futbolchisi): 2013, 2014 Yilning eng yaxshi arab futbolchisi El Heddaf: 2015-yil „Roma“da mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2013-14 „Gran Galà del calcio AIC“ eng yaxshi markaziy himoyachi: 2014-yil Yevropa sport mediasining Yevropadagi mavsumning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2013-14 A Seriyaning yil jamoasi aʼzosi: 2013-14 Qatar Yulduzlar ligasining eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2019-20 Globe Soccer Awards yilning eng yaxshi arab futbolchisi: 2014 France Football Africa Yil jamoasi aʼzosi: 2017 Goal Afrikaning yil jamoasi aʼzosi: 2018 IFFHS CAF 2011-2020 oʻn yillikning eng yaxshi erkaklar jamoasi aʼzosi IFFHS barcha vaqtlardagi Marokash erkaklar jamoasi aʼzosi

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Fransiyada tugʻilganlar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Marokashlik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar