Jeyms Forrest (1991-yil 7-iyulda tugʻilgan) — Shotlandiyalik professional futbolchisi, Shotlandiya Premer-ligasining „Seltik“ klubi va Shotlandiya terma jamoasi vinger sifatida oʻynaydi. Forrest 2003-yilda „Seltik“ning yoshlar akademiyasiga qoʻshildi va 2009/10-yilgi mavsumda jamoadagi debyutini oʻtkazdi. Yosh futbolchi sifatida u Shotlandiyadagi eng yorqin isteʼdodlardan biri sifatida eʼtirof etilgan. 2011-yil noyabr oyida Shotlandiya futbol assotsiatsiyasining direktori Mark Vott uni Shotlandiya futbolining „zulmatdagi yorugʻlik“ deb taʼrifladi. U ketma-ket toʻqqizta liga chempionligini qoʻlga kiritib, „Seltik“ uchun muvaffaqiyatli davrning asosiy oʻyinchisiga aylandi.

Yoshligi Forrest Janubiy Ayrshirning Prestvik shahrida tugʻilgan va Prestvik akademiyasida tahsil olgan. U yoshligida professional tennis bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega edi. Unga Prestwick Tennis Club unga oʻynash uchun doimiy ravishda murojaat qilishdi. Klubdagi murabbiylar uni tabiatan iqtidorli, shunchaki „raketa futbolchi“ deb taʼriflashdi. Uning ukasi Alan Forrest Heart of Midlothian jamoasida futbol oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Celtic 2009-yilning 30-avgustida Forrest „Seltik“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U „Seltik“ning U19 jamoasining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri sifatida olqishladi. 2004-yildagi oʻyini uni 13 yoshgacha boʻlganlar tarkibida ajratib turardi. U 2010-yilning 1-mayida „Seltik“ safida ilk debyutini oʻtkazdi va „ Motherwell“ ga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushdi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cb/James_Forrest_-_Jul2010.jpg/170px-James_Forrest_-_Jul2010.jpg|thumb| Forrest 2010yil „Seltik“ safida

Terma jamoadagi faoliyat U 2008-yilning 20-oktyabrida 19 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasida Ozarbayjonga qarshi Yevropa chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan.

2010/11-yilgi mavsum boshida oʻzining ajoyib oʻyinlaridan soʻng Forrest Shotlandiya U21 jamoasiga chaqirildi. 7- sentyabr kuni u Shotlandiya U21 terma jamoasi safida zaxiradan maydonga tushdi va gʻalaba toʻpini kiritdi.

2011-yil 17-may kuni Forrest Kreyg Leveynning Shotlandiya terma jamoasida Millatlar kubogida Uels va Irlandiya Respublikasi bilan oʻyinlari uchun terma jamoaga jalb etildi. U xalqaro maydondagi debyutini 2011-yil 29-may kuni Irlandiya Respublikasiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi.

Oʻyin uslubi Garchi Forrest oʻng qanotda boʻlsa-da, u chap qanotda ham, hujumchi sifatida oʻynay oladi.

Yutuqlari Seltik

Shotlandiya Premer-ligasi : 2011-12, 2012-13, 2013-14, 2014-15, 2015-16, 2016-17, 2017-18, 2018-19, 2019-21 [ 21-20; Shotlandiya kubogi : 2010-11, 2012-13, 2016-17, 2017-18, 2018-19; Shotlandiya Liga kubogi : 2014-15, 2016-17, 2017-18 2018-19, 2019-20.

Shaxsiy sovrinlari

SFWA yilning eng yaxshi futbolchisi : 2018-19A special season for James, Scottish Football Writers' Association, 18 May 2019; PFA Shotlandiya oʻyinchilari boʻyicha yilning eng yaxshi oʻyinchisi : 2018-19; SFWA yilning eng yaxshi yosh futbolchisi : 2011-12 PFA Shotlandiya yilning eng yaxshi yosh futbolchisi : 2011-12 PFA Shotlandiyaning yil jamoasi : 2011-12, 2017-18, 2018-19; Shotlandiya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi : 2018-19; Shotlandiya Premer-ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi : 2018 yil oktyabr SFWA xalqaro yilning eng yaxshi futbolchisi : 2018-19. „Seltik“ning eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2010-11, 2011-12.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar