William Alain André Gabriel Saliba (2001-yil 24-mart) — fransuz professional futbolchisi, Premier League „Arsenal“ klubi va Fransiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

William Saliba professional faoliyatini AS Saint-Étienne klubida, uning yoshlar akademiyasini tamomlagach boshlagan. U 2018–2019 yilgi mavsumda asosiy jamoa safida maydonga tushib, klubning UEFA Yevropa Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishiga hissa qoʻshgan.

2019-yil iyul oyida Saliba Arsenal F. C. klubiga 27 million funt sterling evaziga transfer qilindi. Shundan soʻng u ketma-ket uch mavsum ijarada boshqa klublarda toʻp surdi. 2022-yilda „Arsenal“ safiga qaytgan Saliba 5-avgust kuni rasmiy debyutini oʻtkazdi. Oradan koʻp oʻtmay u klub safidagi ilk golini kiritdi va jamoaning mavsumni ikkinchi oʻrinda yakunlashiga yordam berdi.

Keyingi mavsumda Saliba jamoa himoya chizigʻining muhim boʻgʻiniga aylandi. „Arsenal“ Angliya Premer-ligasida atigi 29 ta gol oʻtkazib yubordi, Saliba esa mavsum davomida barcha oʻyinlarda toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Fransiya yoshlar terma jamoalarida 27 marta maydonga tushgan Saliba 2022-yil 3-iyun kuni Fransiya milliy terma jamoasi safida debyut qildi.

Faoliyati statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy KubokLiga KubogiBoshqaJamiBoʻlinishOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSaint-Étienne II2017-18Championnat National 310———102018-19Championnat National 220———20Jami30———30Saint-Étienne2018-19Ligue 11602010—190Arsenal2019-20Premier League00000000002020-21Premier League00000000002021-22Premier League00000000002022-23Premier League1000000010Jami1000000010Arsenal U232020-21————2020Saint-Étienne (loan)2019-20Ligue 1120300020170Nice (loan)2020-21Ligue 120120——221Marseille (loan)2021-22Ligue 136030—130520Jami881100101701161

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyinlarGollar Fransiya 2022 5 0 Jami 5 0

Manbalar

Havolalar

William Saliba Arsenal F.C. saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:AS Saint-Étienne futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:OGC Nice futbolchilari Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Championnat National 1 futbolchilari Turkum:Championnat National 2 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari