Tania Sachdev (; 1986-yil 20-avgustda tugʻilgan)— hindistonlik shaxmatchi, FIDE xalqaro magistr (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U 2006 va 2007-yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida ikki karra Hindiston chempioni, 2007-yilda ayollar oʻrtasida bir karra Osiyo chempioni va 2016, 2018 va 2019-yillarda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha uch karra va amaldagi Hamdoʻstlik chempioni. U shuningdek, shaxmat boʻyicha boshlovchi va sharhlovchi hamdur.
Yoshlik yillari Dehlida tugʻilgan Sachdevni, 6 yoshida onasi Anju shaxmat oʻyini bilan tanishtirgan. Ota-onasi unga kasbiy taʼlim berishgan. U sakkiz yoshida birinchi xalqaro unvoniga erishadi. Unga shaxmatga ilk qadam qoʻyayotgan yillarida K. C. Joshi murabbiylik qilgan. Bolaligida Tania Sachdev bir nechta musobaqalarda gʻolib chiqdi. Uning faoliyatidagi muvaffaqiyatlari 12 yoshgacha boʻlganlar orasida Hindiston chempioni, 2000-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Osiyo chempioni va 1998-yilda 12 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining qizlar divizionida bronza medali sovrindori boʻlishligi bilan boshlangan. 2002-yilda Maravila shahrida oʻtkazilgan oʻsmir qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib boʻldi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/88/Tania_Sachdev_%28IND%29.jpg/220px-Tania_Sachdev_%28IND%29.jpg|left|thumb| Sachdev 2014-yilda
Milliy va xalqaro eʼtirof 2005-yilda Tania Sachdev ayol grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan sakkizinchi hindistonlik oʻyinchi boʻldi. U 2006 va 2007-yillarda Hindistonning ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha milliy chempionatida gʻolib boʻlgan. 2007-yilda u Tehronda boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida toʻqqiz turdan 6½ ochko toʻplagan holda gʻoliblikni qoʻlga kirtdi. 2009-yilda Arjuna mukofoti bilan taqdirlangan. 2016-yilda Sachdev Reykjavik Open musobaqasida eng yaxshi ayol shaxmatchi sovrinini qoʻlga kiritdi va Kalkutta shahrida ayollar oʻrtasida Hamdoʻstlik chempioni unvoniga ham sazovor boʻldi.
Tania Sachdev Hindiston terma jamoasi safida 2008-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadalarida, 2009 va 2011-yillarda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jamoaviy jahon chempionatida, 2003-yildan buyon shaxmat boʻyicha ayollar jamoaviy Osiyo chempionatida, 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2009-yilgi Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. Tania Sachdev 2012-yilda Istanbulda oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha ayollar olimpiadasida 3-chi shaxsiy bronza medalini, ayollar oʻrtasidagi jamoaviy Osiyo chempionatida toʻrtta jamoaviy kumush (2008, 2009, 2012 va 2014-yillarda) va toʻrtta shaxsiy oʻyinlar uchun (uchta kumush va bitta bronza) medalni qoʻlga kiritdi.
2015-yilda Sachdev tezkor shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo qitʼa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Sachdev Chessbase (shaxmat bazasi) uchun Fritztrainer Strategy DVD-ni taqdim etdi. Magnus Carlsen va Viswanathan Anand oʻrtasida 2013-yilda Chennayda boʻlib oʻtgan Jahon chempionati oʻyini rasmiy sharhlovchilar guruhi aʼzolaridan edi. 2019-yil iyul oyida Sachdev ayollar oʻrtasidagi Hamdoʻstlik oʻyinlarida chempionlikni qoʻlga kiritdi va oʻz unvonini himoya qildi. Shaxsiy hayoti Sachdev Dehlidagi Vasant Vixardagi Zamonaviy maktabni tamomlagan va Shri Venkateswara kollejida ham tahsil olgan.
Uning faoliyatiga Red Bull homiylik qiladi. Sachdev 2014-yil noyabr oyida dehlilik arxitektor Viraj Katariaga turmushga chiqqan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmatchi ayol grossmeysterlar