Daniel Vendrys Powell (1991-yil 12-martda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Barnetda qanot hujumchi sifatida oʻynaydi. Powell oʻz faoliyatini Milton Keynes Donsda boshlagan va 2008-yilda 17 yoshida birinchi debyut oʻyinini oʻtkazgan. U Crawley Town, Forest Green Rovers va Darlington klublarida ijarada oʻynagan.

Faoliyati

Milton Keynes Dons Bedfordshire, Luton shahrida tugʻilgan Powell Milton Keyns Dons akademiyasiga qoʻshildi va 2008-yil 15-noyabrda Hartlepool United ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda 84-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va jamoasining goliga mualliflik qildi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e6/Daniel_Powell_York_City_v._Crawley_Town_1.png/170px-Daniel_Powell_York_City_v._Crawley_Town_1.png|left|thumb| Powell 2009-yil Crawley Town safida

Crawley Townga (ijara) Powell 2009-yil 3-avgustda „Crawley Town“ klubiga ijara asosida qoʻshildi va uch mavsum oʻynadi.

Forest Green (ijara) Powell yana bir bor ijaraga berildi, bu safar Forest Green Roversga klubiga. U klubdagi debyutini 2009-yilning 17-oktabrida „Histon“ klubiga qarshi oʻtkazdi. Uning klubdagi birinchi goli 2009-yil Boxing Dayda Salisbury City ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyindagi uchinchi gol edi.

Darlington (ijara) 2010-11-yilgi mavsum boshida Milton Keynes Dons safida maydonga tushmagan Powell 2010-yil 1-oktabrda bir oylik ijara asosida „Darlington“ klubiga qoʻshildi.

Milton Keynes Dons safiga qaytish Powell 2010-yilning noyabr oyida Milton Keyns Donsga qaytdi va asosiy tarkibda muntazam oʻynay boshladi. Powell 2010-11-yilgi mavsumda klub safida 29 ta oʻyinda 9 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. 2013-yilning 5-martida Powell Milton Keynes Dons bilan amaldagi shartnomasini ikki yilga uzaytirdi.

Northampton Town 2017-yilning 5-mayida Powell Northampton Town bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va 1-iyulda klubga qoʻshiladi.

Crewe Alexandra link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/dc/Daniel_Powell.jpg/170px-Daniel_Powell.jpg|thumb| Powell 2019-yil Crewe Alexandra safida Powell 2019-yil 7-iyun kuni Crewe Alexandra bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U 12-oktyabr kuni „Carlisle United“ga qarshi safarda 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda klubdagi debyut golini kiritdi.

Barnet Crewedan erkin agent sifatida Powell ikki yillik shartnoma asosida Barnet jamoasiga qoʻshildi.

Oʻyin uslubi Powell tez fikrlaydigan oʻyinchi sifatida eʼtirof etiladi, u koʻpincha qanot himoyasida oʻynaydi. Uning oʻziga xos xususiyati va baʼzida uning feʼl-atvori uni maydonda muhim oʻyinchi sifatida gavdalantiradi.

Faoliyatidagi statistikasi +Klub safida mavsum va musobaqalardagi oʻyinlari va gollariKlubMavsumLeagueFA CupLeague CupBoshqaUmumiyChempionatOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarMilton Keynes Dons2008-09League One71000000712009-10League One21—0000212010-11League One29910002132102011-12League One43642323153112012-13League One3472020103972013-14League One3213000103612014-15League One42820411149102015-16Championship2222020—2622016-17League One202311030273Jami2313717312311327146Crawley Town (ijara)2009-10Conference Premier30———30Forest Green Rovers (ijara)2009-10Conference Premier24640—10296Darlington (ijara)2010-11Conference Premier51———51Northampton Town2017-18League One2921000203222018-19League Two356100050416Jami648200070738Crewe Alexandra2019-20League Two3093000003392020-21League One241200012273Jami54105000126012Barnet2021-22National League256100021287Faoliyatidagi umumiy natija4066729312322646880

Yutuqlari

Milton Keynes Dons League One futbol ligasida 2-oʻrin: 2014-15

Shaxsiy yutuqlari Milton Keynes Dons yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2010-11

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari