Hami Mandirali (1968-yil 20-iyulda tugʻilgan) — turkiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. U deyarli butun faoliyati davomida „Trabzonspor“da oʻynagan.
Klubdagi faoliyati Mandirali Turkiyaning Trabzon shahrida tugʻilgan. 10 yoshida Trabzonsporga qoʻshilgan va 1985-yilda 17 yoshida professional debyutini boshlagan. U tezda oʻz davrining eng kuchli yarim himoyachilaridan biri sifatida oʻzini namoyon qilgan. U Turkiya terma jamoasining doimiy oʻyinchisiga aylangan va har doim toʻpurarlar jadvalida birinchi oʻrinda boʻlgan. Mandirali yevrokuboklarda koʻplab gollar urib, oʻz mavqeyini koʻrsatib kelgan. U Yevrokuboklarda jami hisobda 23 ta gol urgan.
Mandirali, ayniqsa, oʻzining jarima zarbalari bilan mashhur boʻlgan, faoliyati davomida koʻp marotaba jarima zarbasidan gollar urgan. U jarima zarbalarini tepish sanʼatida oʻzining mashhur hamkasblari kabi toʻpni aylantirib tepishga urinmagan. Buning oʻrniga u zambarakdek zarbalar bergan ular jonli devorning ochiq qolib ketgan joylari orqali oʻtib ketgan va darvozabonlar bu holatda hech qanday yordam bera olmagan. Shu tarzda uning uslubi Roberto Karlosga qiyoslanardi.
U juda kuchli zarbaga ega boʻlib, uning zarbasi tezligi 140 km/soat tezlikdan baland boʻlgan. 1997-yilda San-Marino terma jamoasiga qarshi jarima zarbasi va Myunxen 1860ga qarshi maydon markazidan turib bergan zarbasi golga aylangan, keyinchalik bu zarbalarning tezligi ajablanarli darajada kuchli yaʼni 173 km/soatdan ortiqligi aniqlangan. U uzoq masofalardan, hatto 40 metrdan ham koʻp marta gol muallifiga aylangan.
1998-yilda u Germaniyaning „Schalke 04“ klubiga 7 million DM (3,5 million yevro) evaziga qoʻshilgan, ammo u yerda atigi bir yil oʻynagan. U 1999—2000-yilgi mavsumda 2,25 million yevro evaziga „Trabzonspor“ga qaytgan. Qaytgandan soʻng u eng yaxshi zarbalar boʻyicha oʻz oʻrnini tiklagan va har mavsumni doimiy ravishda klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlagan. 2002-yilda uni rais Özkan Sümer jamoadan isteʼfoga chiqargan. Klubdan ketgacj Mandirali Ankaragücüga koʻchib oʻtgan, lekin u yerda uzoq qolmagan. Koʻp oʻtmay u nafaqaga chiqgan. Mandirali hech qachon liga chempionligini qoʻlga kiritmagan.
Xalqaro maydondagi gollar + Caption text # Sana Joy Raqib Daqiqa Natija Musobaqa 1 15-iyul 1991-yil Gundadalur Farer orollari 75 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2 25-mart 1992-yil Lyuksemburg 15 2-3 Oʻrtoqlik uchrashuvi 3 25-mart 1992-yil Lyuksemburg 66 2-3 Oʻrtoqlik uchrashuvi 4 8-aprel 1992-yil Anqara 33 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 5 26-avgust 1992-yil Trabzon 68 3-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi 6 28-oktyabr 1992-yil Anqara 90 4-1 FIFA 1994 jahon chempionati sralash 7 30-avgust 1995-yil Istanbul 48 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
Murabbiylik faoliyati 2008-yilning 1-iyulida Mandirali Turkiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga ikki yillik shartnoma boʻyicha murabbiy etib tayinlangan.
Yutuqlar
Jahon reytingi (1888—2008): Turkiya va Germaniyada 499 ta oʻyinda 222 gol bilan 206-oʻrin Turkiya chempionati tarixida urilgan gollar soni boʻyicha uchinchi (219), Yevrokuboklarda urilgan eng koʻp gol (23ta „Trabzonspor“da), Turkiya milliy futbol jamoasi uchun 40 oʻyinda 8 gol. „Trabzonspor“ safida 558 ta oʻyin oʻtkazgan, bu har qanday oʻyinchi orasida eng koʻp hisoblanadi.
Jamoaviy yutuqlar
Klub Trabzonspor
Turkiya kubogi : 1991-92, 1994-95 Turkiya Superkubogi : 1995
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar