Wilfred Oluwafemi Onyedinma (24-noyabr 1996-yilda tugʻilgan) — nigeriyalik professional futbolchi, Chempionship klubi „Luton Town“da yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi Onyedinma Nigeriyaning Lagos shahrida tugʻilgan va uning ota-onasi uch yoshga toʻlganida akasi va ikki singlisi bilan birga Angliyaga koʻchishgan.

Faoliyati 2014-yil 4-yanvarda Onyedinma Millwalldagi oʻzining debyutini FA Cup doirasida Southend Unitedga qarshi oʻtkazdi. U 62-daqiqada Richard Chaplouning oʻrniga maydonga tushdi va bu oʻyinda Millwall 4-1 hisobida magʻlub boʻldi. U oʻzining asosiy tarkibdagi debyutini Charlton Athleticga qarshi oʻtkazadi va bu oʻyinda Onyedinma oʻyining eng yaxshi oʻyinchi deb tan olinadi.

Wycombe Wanderers 2014-yilning 27-noyabrida Onyedinma Wycombe Wanderers jamoasiga qoʻshildi. 2014-yil 31-dekabrda Onyedinmaning Wycombe Wanderersdagi ijara muddati 2014-15-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirildi.

2018-yilning 30-avgustida Onyedinma yana Wycombe Wanderersga qoʻshildi.

2019-yil 30-iyulda Onyedinma uchinchi marta Wycombe Wanderersga qaytishi tasdiqlandi, bu safar 3 yillik shartnoma asosida.

2020-yil 6-iyul kuni Onyedinma Wycombening EFL ligasi 2-yarim finalida „Fleetwood Town“ga qarshi javob oʻyinida ikkita gol urib jamoasi umumiy hisobda 6:3 hisobida gʻalaba qozonishini taʼminladi. 13-iyul kuni Oxford Unitedga qarshi finalda Onyedinma penaltidan gol urib, Wycombening gʻalabali goliga sabab boʻldi va klub tarixida birinchi marta Championshipga chiqishini taʼminladi.

Luton Town Onyedinma 2021-yil 25-may kuni Luton Town bilan shartnoma imzoladi. U klubdagi debyutida ikkita gol urdi va assistentlik qildi, 2021-yil 7-avgustda Peterboro ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda u oʻzini har taraflama koʻrsatdi.

Faoliyat statistikasi +Klub safida mavsum va musobaqalarda oʻyinlari va gollariKlubMavsumLeagueFA CupLeague CupBoshqaUmumiyChempionatOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarMillwall2013-14Championship401000—502014-15Championship200020—402015-16League One3442010604342016-17League One4236021425462017-18Championship3713120—4222018-19Championship10—20—10Jami12081219110215112Wycombe Wanderers (ijara)2014-15League Two258——20278Wycombe Wanderers (ijara)2018-19League One21410—20244Wycombe Wanderers2019-20League One134—10321762020-21Championship4332210-465Jami5672220326311Luton Town2021-22Championship2832000-303Faoliyatidagi umumiy natija2503017311117429538

Yutuqlar Millwall

EFL League One pley-offi: 2017

Wycombe Wanderers

EFL League One pley-offi: 2020

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar