thumb|Lisandra Teresa Ordaz Valdés Lisandra Teresa Ordaz Valdés (1988-yil 25-noyabrda tugʻilgan) — kubalik shaxmatchi, ayol grossmeyster (WGM 2011-yil) va xalqaro shaxmat usta (IM 2018-yil) hisoblanadi.

Yoshligi Lisandra Teresa Ordaz Valdés 1988-yil Kubada tugʻildi. Yoshligidan sportning shaxmat turiga qiziqani sabab, bolaligidan qizlar oʻetasidagi shaxmat turnirlarida ishtirok etdi. Keyinchalik mayda turnirlardan keyin yirik turnirda 2003-yil mart oyida Pinar del Rioda Ordaz shaxmat boʻyicha XXI xalqaro turnirda gʻolib chiqdi. Bu uning ilk katta gʻalabasi edi. Shundan soʻng, 2004-yil aprel oyida Santa-Klara shahrida u Kuba subzone shaxmat turnirida Maritsa Arribas Robainadan keyin 2-oʻrinni egalladi. 2006-yil oktyabr oyida Gvatemala shahrida Ordaz Valdes U20 qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Markaziy Amerika oʻsmirlar chempionatida gʻolib chiqdi. Bu gʻalaba unga katta unvonlarni qoʻlga kiritishda yordam berdi. Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Kuba chempionatida kumush (2008) va bronza (2011) medallarini qoʻlga kiritdi.

Ordaz Kuba uchun ayollar shaxmat olimpiadalarida koʻplab turnirlarda himoya qilgan ulardan bir nechtasi quydagilar;

2008-yilda Drezdenda oʻtkazilgan 38-shaxmat Olimpiadasida (ayollar) ikkinchi oʻrinni egalladi (+4, =5, −1), 2010-yilda Xanti-Mansiyskdagi 39-shaxmat Olimpiadasida (ayollar) birinchi oʻrinni egalladi (+3, =7, −1), 2012-yilda Istanbulda boʻlib oʻtgan 40-shaxmat olimpiadasida (ayollar) birinchi oʻrinni egallagan (+4, =4, −2), 2014-yilda Tromso shahridagi 41-shaxmat Olimpiadasida (ayollar) birinchi oʻrinni egalladi (+2, =7, −1), 2018-yilda Batumidagi 43-shaxmat Olimpiadasida (ayollar) birinchi oʻrinni egalladi (+2, =3, −4).

2004-yilda Ordaz FIDE ayol xalqaro shaxmat ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi. Keyinroq esa yana bir muhim unvon bilan 2011-yilda FIDE ayol grossmeysterini (WGM) unvonini oldi. 2014-yilda u FIDE murabbiyi (FT) boʻldi. 2018-yilda u FIDE xalqaro shaxmat ustasi (IM) boʻldi. Shu tariqa shaxmatda katta zafarlarga erishdi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Kubalik ayol shaxmatchilar Turkum:Kubalik shaxmatchilar Turkum:Kubalik ayol grossmeysterlar