Merih Demiral (1998-yil 5-martda tugʻilgan) – turkiyalik professional futbolchi, Saudiya Pro-ligasining „Al-Ahli“ klubi va Turkiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klub faoliyati
Ilk yillar Fenerbahche yoshlar tizimining tarbiyalanuvchisi boʻlgan Demiral Portugaliyaning Alcanenense jamoasi bilan 2016-yilda shartnoma imzolagan.
2017-yilning yanvarida u Sporting Bga ijaraga berilgan va 2017-yilning 5-fevralida Segunda Ligadagi professional debyutini oʻz uyida Famalikaoga qarshi 1:1 hisobida durang bilan oʻtkazgan. Mavsum oxirida u klub tomonidan toʻliq shartnoma bilan transfer qilingan.
2018-yilning 15-avgustida u ijara asosida Turkiyaning „Alanyaspor“ klubiga oʻtgan. 2019-yilning 29-yanvarida u 3,5 million yevro evaziga „Alanyaspor“ga doimiy ravishda qoʻshilgan.
Sassuolo 2019-yilning 30-yanvarida Demiral Italiya A seriyasining „Sassuolo“ klubiga sotib olish majburiyati bilan ijaraga oʻtgan. U A Seriya va klubdagi debyutini 24-fevral kuni SPALga qarshi uyinda 1:1 hisobidagi durang bilan oʻtkazgan. Klub safida ilk golini 4-aprel kuni Kyevo darvozasiga kiritgan. Oʻsha oʻyinda Demiral dubl qayt etgan.
Juventus 2019-yilning 5-iyulida „Juventus“ Demiralning „Sassuolo“dan 5 yillik shartnoma asosida 18 million yevroga transferini rasman eʼlon qilgan. Xabarlarga koʻra, uning maoshi yiliga 1,3 million yevroni tashkil qilgan. U klubda oʻynagan ilk turkiyalik futbolchi boʻlgan. U klubdagi debyutini 21-sentyabr kuni A Seriyada „Verona“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazgan. Keyinchalik u Chempionlar ligasidagi debyutini 11-dekabrda, klubning guruhdagi soʻnggi oʻyinida oʻtkazgan. „Juventus“ga safarda „Bayer“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonishda yordam bergan.
U klubdagi ilk golini 2020-yilning 12-yanvarida „Roma“ga qarshi safarda 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritgan, natijada „Juventus“ norasmiy „Qishki chempionlar“ unvonini qoʻlga kiritgan. Keyingi oʻyinlarda u asosan zahiradan maydonga tusha boshlagan. Oʻyinda oldingi xoch ligament bogʻlamlarini shikastlab olgan. Natijada, u mavsumning qolgan qismida, jumladan, Yevro-2020da ham safdan chiqishi kutilgan. U 1-avgust kuni maydonga qaytgan va „Juventus“ A Seriyada „Roma“ga qarshi oʻyinda (3:1) zaxiradan maydonga tushgan, „Juventus“ liga chempioni sifatida mavsumni yakunlagan.
Atalanta (Ijara) 2021-yil 6-avgustda Atalanta Demiralni „Juventus“dan sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olganini eʼlon qilgan. 2021/22-yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda jami 42 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan. „Atalanta“ 2022-yil 17-iyun kuni 20 million yevroga sotib olish huquqidan foydalangan.
Xalqaro faoliyat Demiral 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan yosh guruhlarda Turkiyani himoya qilgan. U 2018-yilning 20-noyabr kuni Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Mert Myuldurning oʻrniga 85-daqiqasida zahiradan maydonga tushib kattalar safida debyut qilgan. 2021-yil 11-iyunda Demiral UEFA Yevro-2020 musobaqsining birinchi oʻyinida Italiyaga qarshi (3:0) maydonga tushgan.
Shaxsiy hayoti 2022-yil 20-aprelda Demiral va uning sevgilisi Heidi Lushtaku oʻgʻil farzandli boʻlishdi va bu haqda bola tugʻilgandan bir oy oʻtgach eʼlon qilishdi.
Faoliyat statistikasi
Klub +ClubSeasonLigaMamlakat kubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAlcanenense2016-17Portugaliya chempionati12010——131Sporting CP B (Ijara)2016-17LigaPro30———30Sporting CP B2017-18LigaPro26000——260Jami290000000290Sporting CP2017-18Primeir Liga—10——10Alanyaspor2018-19Süper Lig16100——161Sassuolo2018-19A Seriya142———142Juventus2019-20A Seriya61001010812020-21A Seriya150405000230Jami211406010321Atalanta (Ijara)2021-22A Seriya28120121—422Atalanta2022-23A Seriya0000——00Karyerada jami120680181101477
Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyinlar Gollar Turkiya 2018 1 0 2019 11 0 2020 7 0 2021 12 1 2022 4 1 Jami 35 2 +Merih Demiral tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati№ Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 113.11.2021 Boshakshehir Fatih Terim stadioni, Istanbul, Turkiya 4-0 6-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 24.06.2022 Boshakshehir Fatih Terim stadioni, Istanbul, Turkiya 4-0 4-0 2022-23 UEFA Millatlar ligasi C
Yutuqlar Juventus
A Seriya : 2019-20 Italiya kubogi : 2020-21 Italiya Superkubogi : 2020 ; ikkinchi oʻrin: 2019
Turkiya U20
Toulon turniri uchinchi oʻrin: 2018
Manbalar
Havolalar
Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:US Sassuolo Calcio futbolchilari Turkum:Alanyaspor futbolchilari Turkum:A.C. Alcanenense futbolchilari Turkum:Sporting CP B futbolchilari Turkum:Juventus F.K. oʻyinchilari Turkum:Atalanta BC futbolchilari Turkum:Al-Ahli Saudiya FC futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Segunda Liga futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:AFC Osiyo Elita Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Turkiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar