Szidónia Lázárné Vajda (née Vajda; ; 1979-yil 20-yanvarda Ruminiyada tugʻilgan) — rumin — venger ayol shaxmatchisi. Szidonia Vajda FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U 2004 va 2015 yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Vengriya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblikni q`olga kiritgan.
Shaxmatdagi faoliyati Szidónia Lázárné Vajda 1995-yilda shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Yevropa chempionatining 16 yoshgacha boʻlgan qizlar boʻlimida gʻoliblik shoxsupasiga koʻtarildi va oltin medal sohibasiga aylandi.
U 1999-yilda Batumida boʻlib oʻtgan 3-Ayollar jamoalari oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan, Ruminiya terma jamoasi safida dona surgan.
Szidónia Lázárné Vajda Vengriya terma jamoasi safida ham bir qator musobaqalarda faol ishtirok etgan. U terma jamoa bilan 2002, 2004, 2006 va 2008-yillarda oʻtkazilgan shaxmat olimpiadalarida Vengriya nufuzi uchun bahslar olib borgan. Jumladan, u mashhur venger ayol grossmeysterlar Ticia Gara va singlisi Anita Garalar bilan bir jamoada oʻynagan.
2009-yilda u Paksdagi 1- Teller Ede memorialida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2015-yilda esa Budapeshtdagi „Xalqaro ayollar bahor shaxmat festivali“ xalqaro shaxmat musobaqasida ishtirok etdi. Mazkur shaxmat musobaqasida Ticia Gara va Yveta Reylich bilan birinchi oʻringa davogar boʻldi.
Shaxsiy hayoti Szidónia Lázárné Vajda GM Levente Vajdaning singlisi.
Maʼlumotnomalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar