Mariano Díaz Mejía (1993-yil 1-avgustda tugʻilgan), Mariano nomi bilan tanilgan, professional futbolchi, La Liganing klubi "Real Madrid" safida hujumchi sifatida oʻynaydi.
2011-yili „Badalona“da debyut qilganidan koʻp oʻtmay, Mariano „Real Madrid“ga qoʻshilib, klubning C-jamoasida, keyin esa zaxirada jamoasida oʻynadi, 2015-16 Segunda B divizionida eng yaxshi toʻpurar boʻldi. Keyin u asosiy jamoa bilan oʻynashni boshladi va 2016-17 yillarda La Liga, UEFA Chempionlar Ligasi va FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan jamoa tarkibida bor edi. Keyinchalik u Liga 1ning „Olimpique Lyonnais“ klubi bilan shartnoma imzoladi, bir yildan soʻng yana Madridga qaytdi.
Mariano Ispaniyada tugʻilgan, otasi ispaniyalik, onasi esa Dominikan Respublikasidan edi. U 2013-yilda Dominikan Respublikasi terma jamoasi safida oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushib, golga mualliflik qilgan. Keyin u Ispaniya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilish umidida Dominikan Respublikasi jamoasidan isteʼfoga chiqdi.
Jamoalardagi faoliyati
Lyon 2017-yil 30-iyun kuni Mariano Olympique Lyon bilan shartnoma imzoladi. Toʻlov 8 million yevro ekani aytilgan va kelajakdagi potentsial transferning 35% foizi foydasini tashkil qilardi. U 5-avgust kuni 2017-18-yilgi Liga 1 mavsumining birinchi turida"Strasburg"ga qarshi oʻyinda debyut qilib, jamoasi oʻz maydonida 4:0 hisobida zafar quchgan bahsda dubl qayd etdi. U liga mavsumida jami 18 ta gol urib, Memfis Depay va Nabil Fekir (19 ta va 18 ta gol) bilan birga samarali hujum triosini tashkil etdi.
Real Madridga qaytish 2018-yilning 29-avgust kuni „Real Madrid“ Mariano bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. „Real Madrid“ uning transfer huquqining 35 foiziga ega boʻlganligi sababli, toʻlov 23 million yevroga tushirildi. Unga avval Krishtianu Ronaldu kiygan 7-raqamli futbolka taqdim etildi. 19-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan UEFA Chempionlar ligasi 2018-19-yilgi mavsum guruh bosqichining birinchi turi doirasida „Roma“ga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va bahsdagi soʻnggi golni jarima maydonchasi tashqarisidan berilgan burama zarbasi bilan kiritdi. 2020-yilning 1-martida mavsumdagi birinchi liga oʻyinida "Barselona"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushganidan atigi bir daqiqa oʻtib, 90-daqiqada „Real Madrid“ning 2:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminlaydigan golga mualliflik qildi. „Real Madrid“ gʻolib chiqqan La Liganing 2019-20-yilgi mavsumida Mariano jami beshta oʻyinda maydonga tushdi.
Xalqaro maydonda Marianoning onasi San-Xuan de la Maguanada tugʻilgani sababli Dominikan Respublikasi terma jamoasi safida oʻynash huquqiga ega. 2013-yilning 24-martida qoʻshni Gaitiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazib, 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsdagi soʻnggi golga mualliflik qildi. Keyinchalik u „Real Madrid“dagi faoliyatiga eʼtibor qaratish va qolaversa, Ispaniya terma jamoasiga chaqirilishi mumkinligi uchun Dominikan terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi. 2017-yilning dekabr oyida Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Marianoni terma jamoasiga chaqirish masalasini koʻrib chiqayotganini bildirgan edi.
Karyera statistikasi
Klub
KlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiMintaqaviyBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGoalsOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBadalona2011–12Segunda División B3011———41Real Madrid C2012–13Segunda División B203————2032013–14Segunda División B2615————2615Jami4618————4618Real Madrid Castilla2013–14Segunda División10————102014–15Segunda División B105————1052015–16Segunda División B3327————3327Jami4432————4432Real Madrid2016–17La Liga8154—10—145Lyon2017–18Ligue 13418210092—45212018–19Ligue 130000000—30Jami3718210092004821Real Madrid2018–19La Liga13310—51—1942019–20La Liga5120—0000712020–21La Liga15110—40102112021–22La Liga9110—10001112022–23La Liga0000—000000Jami44650—10110597Karyera boʻyicha jami18175136002031021584
Xalqaro
Ushbu jadvalda gollar va natijalar Dominikan Respublikasi terma jamoasi oʻyinlari bilan bogʻliq.
Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2013-yil 24-mart Estadio Panamericano, San-Kristobal, Dominikan Respublikasi Oʻrtoqlik bahsi
Sovrinlar Real Madrid
La Liga: 2016–17, 2019–20, 2021–22 Ispaniya Superkubogi: 2019–20 UEFA Chempionlar Ligasi: 2016–17, 2021–22 UEFA Superkubogi: 2022 FIFA klublar oʻrtasida jahon chempionati: 2016
Manbalar
Havolalar
Profil Real Madrid rasmiy saytida
Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Dominikan respublikasilik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:CF Badalona futbolchilari Turkum:Real Madrid C futbolchilari Turkum:Real Madrid Castilla futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Olympique Lyonnais futbolchilari Turkum:Sevilla FC futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar