Bernadette M. Meehan (1975-yilda tugʻilgan) – amerikalik diplomat. 2022-yildan 2025-yilgacha AQShning Chilidagi elchisi sifatida xizmat qilgan. 2026-yil 1-yanvardan buyon Vikimedia Jamgʻarmasining bosh ijrochi direktori.

Yoshligi va taʼlim Meehan Nyu-Yorkning Pleasantville shahrida oʻsgan va Somersdagi Kennedi katolik oʻrta maktabini tamomlagan. Boston kollejida oʻqigan va siyosatshunoslik boʻyicha bakalavriatini tamomlagan. Oʻqishni tugatgandan soʻng Wall Streetda: avval JPMorgan Chase, keyin esa Lehman Brothers shirkatida ishlagan. Keyinchalik Qoʻshma Shtatlar tashqi ishlar xizmatiga kirdi.

Karyerasi Meehan 2004-yilda AQSh Davlat departamentiga Tashqi ishlar xizmati xodimi sifatida ishga kirdi va yangi faoliyatini Kolumbiyaning Bogota shahridagi AQSh elchixonasida konsullik xodimi sifatida boshladi. 2006-yil aprel oyida Bogotada qurolli odamlar tomonidan oʻgʻirlandi va omon qoldi. Jinoyatchilardan ikki nafari hibsga olinib, oʻn yilga ozodlikdan mahrum etildi, qolgan ikki nafar jinoyatchi esa topilmadi.

Ikki yil davomida Kolumbiyada xizmat qilgandan keyin, Iroqqa xizmatga ketgan. U AQShning Bagʻdoddagi elchixonasida 2006-yildan 2007-yilgacha Konsullik xodimi va bir necha oy elchi Zalmay Halilzodning yordamchisi boʻlib ishlagan.

2021-yil 9-iyulda Prezident Joe Biden Meehanni Qoʻshma Shtatlarning Chilidagi elchisi etib tayinladi. 2022-yil 15-mart kuni Senatning Tashqi aloqalar qoʻmitasida uning nomzodi boʻyicha eshituvlar boʻlib oʻtdi. 2022-yil 18-mayda qoʻmita uning nomzodi haqida ijobiy maʼlumot berdi. 2022-yil 20-iyulda AQSh Senati uning nomzodini 51-44 ovoz bilan tasdiqladi. 29-sentyabr kuni qasamyod qildi va 30-sentyabr kuni Chili prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Elchi sifatida Meehan ijtimoiy tarmoqlarda faolligi va Chili xalqi orasida mashhurligi bilan tanilgan. U Chilining „El Mercurio“ gazetasining birinchi sahifasida Amerika va Chili maxsus kuchlari askarlari bilan birga parashyutda sakraganida paydo boʻldi.

Donald Trump Prezident etib saylanganidan soʻng, Meehan 2025-yil yanvarida elchilikdan isteʼfoga chiqdi.

2025-yil 9-dekabrda Meehan Maryana Iskandar oʻrniga Vikimedia Jamgʻarmasining bosh ijrochi direktori etib tayinlandi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:AQSh ayol siyosatchilari Turkum:Amerikalik ayol siyosatchilar