Joanna Catherine Going (1963-yil 22-iyulda tugʻilgan) – Kingdom, House of Cards, Mad Men teleseriallari hamda Wyatt Earp filmi orqali tanilgan amerikalik aktrisa.

Yoshligi Joanna Washingtonda oiladagi olti farzandining toʻngʻichi sifatida tugʻilgan. Otasi advokat/shtat assambleyasi aʼzosi hamda onasi politsiya dispetcheri sifatida faoliyat yuritgan. Uning otasi irlandiyalik, onasi esa italyan va fransuz-kanadalik boʻlgan.

Faooliyati Going 1980-yillarning oxirida seriallarda paydo boʻlishni boshlagan. Jumladan, 1987-yildan 1989-yilgacha Lisa Gradyning Another World teleserialida ishtirok etadi. U 1991-yilgi Dark Shadows serialida bosh qahramon Victoria Winters rolini oʻynagan. Keyinchalik, aktrisa qisqa muddatli Going to Extremes teleserialida, Columbo, Spin City, The Outer Limits va Law & Order filmlarida maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi.

2000-yillarda u bir nechta televizion seriallarda, jumladan, CSI: Crime Scene Investigation, Criminal Minds hamda Mad Men kabi seriallarda turli muhim rollarni ijro etdi. U, shuningdek, 2011-yilda suratga olingan The Tree of Life filmida Sean Penn bilan birgalikda koʻrinish beradi. Bu uning 2003-yildagi Runaway Jury filmidan keyingi birinchi roli edi. 2014-yilda u Netflixning House of Cards siyosiy serialining ikkinchi mavsumida birinchi xonim Tricia Walker rolini oʻynadi. Keyinchalik, u DirecTV Shohligi serialida rol oʻynadi.

Shaxsiy hayoti Joanna 2004-yilning 10-oktyabr sanasida aktyor Dylan Walshga turmushga chiqdi. Ularning Stella Haven ismli bir nafar qiz farzandlari bor. 2010-yil 15-dekabrda Walsh ajrashish uchun ariza berganini eʼlon qildi. Ajrashish 2012-yil dekabr oyida yakunlangan.

Filmografiyasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c3/Nick_Jonas%2C_Joanna_Going%2C_Matt_Lauria%2C_Frank_Grillo%2C_Jonathan_Tucker_-_Kingdom_Premiere_Oct_2014_%28cropped%29.jpg/220px-Nick_Jonas%2C_Joanna_Going%2C_Matt_Lauria%2C_Frank_Grillo%2C_Jonathan_Tucker_-_Kingdom_Premiere_Oct_2014_%28cropped%29.jpg|thumb| Nick Jonas, Going, Matt Lauria, Frank Grillo va Jonathan Tucker 2014-yil oktabr oyida Kingdom filmi premyerasida Yil Sarlavha Rol Izohlar1994Wyatt EarpJosephine Marcus1995How to Make an American Quiltoʻsmir Em Reed1995NixonYosh talaba1996EdenHelen Kunen1997Little CityKate1997Inventing the Abbotts Alice Abbott1997Keys to TulsaCherry1997CommandmentsKaren Warner1997Still BreathingRosalyn Willoughby1998PhantomsJennifer Pailey, M. D.1998HeavenJennifer Marling1998Blue ChristmasChiroyli ayol1999NetForceToni Fiorelli2000Cupid & CateCynthiaTV Film2001LolaSandra2002The RoutineOnaQisqa metrajli film2002Home Alone 4Natalie KalbanTV Film2003Runaway JuryCeleste Wood2006Save MeRita LambertQisqa metrajli film2006My Silent PartnerPhyllis WebberTV Film2007McBride: DoggedSarah SinclairTV Film2009Chasing a DreamDiane StilesTV Film2011The Tree of LifeJackning xotini2014Ready or KnotMargo2014The Sphere and the LabyrinthJordana2014Love & MercyAudree Wilson2015The Sphere and the LabyrinthJordana2018NostalgiaMarge

Manbalar

Havolalar

Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar