Meagan Monique Good (Full Interview: Meagan Good Responds Talks Hit Series ʻHarlem’ on Amazon Prime, and 30-Year Career, YouTube) – amerikalik aktrisa. U Eve's Bayou (1997) filmidagi roli hamda Nickelodeonning Cousin Skeeter (1998—2001) sitkomidagi Nina roli uchun tanqidchilar eʼtiboriga tushishga ulgurgan. Aktrisa Deliver Us from Eva (2003), Roll Bounce (2005) hamda Stomp the Yard (2007) filmlarida bosh rollarni ijro etganidan keyin yanada mashhur boʻldi.

2012-yilda Good Think Like a Man filmining ansambl tarkibida ishtirok etdi. Keyingi yili NBC drama serialii Deceptionda bosh qahramon Joanna Locasto rolini va Anchorman 2: The Legend Continues komediyasida kichik epizodda rol ijro etgan. Bundan tashqari, aktirsa One Missed Call (2008), Saw V (2008), The Unborn (2009) hamda DC Comicsning Shazam! (2019) filmlarida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.

Faoliyati Faoliyatining dastlabki yillarida Good Doogie Howser, M.D. va Amen kabi telseriallarda qoʻshimcha rollarda koʻrinish bergan. U 13 yoshida oʻzining dastlabki filmi – 1995-yilgi Friday komediyasida rol oʻynagan. U birinchi marta Kasi Lemmonsning 1997-yilda suratga olingan Eve's Bayou filmidagi muammoli oʻsmir Cisely Batiste roli uchun tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Aktrisa ushbu roli uchun ikkita mukofot nominatsiyasini nomzod etib koʻrsatilgan, shu jumladan, uning birinchi NAACP Image mukofoti boʻlgan.

Keyingi bir necha yil davomida kichik kino va televideniye rollarini oʻynaganidan soʻng, Good 2000-yillarning boshida yanada yetuk rollarga oʻtishni boshlaydi. Aktrisa oʻzidan bir necha yosh kichik qahramonlarni oʻynagani uchun kattalar roliga oʻta olishiga ishonardi. 1998-yildan 2001-yilgacha Nickelodeonning Cousin Skeeter teleserialida Nina rolida paydo boʻldi. U, shuningdek, 3 Strikes hamda House Party 4: Down to the Last Minute filmlarda ikkinchi darajali rollarni ham ijro etgan.

Shaxsiy hayoti thumb|Meagan Good 2026 - Conakry Garchi u cherkovda tarbiyalanmagan boʻlsa-da, oʻzini yaxshi nasroniy, ruhiy shaxs deb biladi va koʻplab intervyularida u "disappoint God – Xudoni hafsalasi pir boʻlishi" mumkin deb oʻylagan holda rollardan voz kechganini aytgan. U intervyuda Iso uning qahramonlari roʻyxatida birinchi oʻrinda turishini va u oʻqigan oxirgi kitobi Injil ekanligini taʼkidlagan.

Filmografiyasi Yil Sarlavha Rol 1991 Gabriel's Fire Yosh qiz 1994 On Our Own Traycee 1996 ABC Afterschool Special Janie 1997 Pacific Blue Shalona James Touched by an Angel Nikki Gregory Hines Show Pauley 1997-98 Parent 'Hood Ariana 1998 Nothing Sacred Carissa 1998-01 Cousin Skeeter Nina Jones 2000 Moesha Nicole Steve Harvey Show Alicia 2001 The Division Kara Taylor Famous Jett Jackson Tara Essex 2001-02 Raising Dad Katie 2002 Tamika 2003 My Wife and Kids Vanessa Scott 2005 Kevin Hill Melanie West 2007 Dr House Amy All of Us Katie 2009 Cold Case Beatrice Sloan (1970) 2011 The Game Parker Keith 2012 CCalifornication Kali Harry's Law Cecilia 2013 Deception Joanna Locasto 2014 The Dead Diaries Alexis Law & Order: Special Victims Unit Paula Bryant 2015 Mr. Robinson Victoria Wavers Minority Report detektiv Lara Vega 2016 Code Black doktor Grace Adams 2017 White Famous Kali 2018 Star Natalie Knight 2019-20 Prodigal Son Maxsus agent Colette 2021 Harlem Camille

Mukofot va nominatsiyalari Yil Mukofot Turkum Nomzod Natija 1998 NAACP Image Awards Outstanding Youth Actor/Actress Eveʼs Bayou 1998 YoungStar Awards Best Performance by a Young Actress in a Drama Film Eveʼs Bayou 2006 Teen Choice Awards Choice Breakout (Ayol) Waist Deep 2007 Choice Movie Actress: Drama Stomp the Yard 2006 Black Reel Awards Best Ensemble Roll Bounce 2007 MTV Movie Awards Best Kiss Stomp the Yard 2008 NAACP Image Awards Outstanding Supporting Actress in a Motion Picture Stomp the Yard 2012 Teen Choice Awards Choice Movie Actress Romance Think Like a Man

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Afroamerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar