Kseniya Mixaylovna Alpatova (1999-yil 19-avgust, Ufa) – rossiyalik futbolchi, yarim himoyachi.
Biografiyasi Ufa shahridagi 10-sonli yoshlar maktabi tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiyi Anastasiya Chistyakova. 2010-yilda yosh toifasida futzal boʻyicha Rossiya chempionatining final turnirida ishtirok etgan, kumush medal sohibi boʻlgan va „turnir kashfiyoti“ mukofotinga sazovoir boʻlgan.
2010-yillarning oʻrtalarida birinchi divizionda oʻynagan „Ufa“ klubi uchun katta futbol boʻyicha kattalar musobaqalarida oʻynay boshlagan. 2016-yilgi birinchi liga final turniri ishtirokchisi.
2018-yilda oʻzining debyut mavsumini oliy divizionda oʻtkazgan „Torpedo Ijevsk“ ga oʻtadi. 2018-yil 18-aprelda birinchi oʻyinini „Kubanochka“ ga qarshi oʻtkazgan va birinchi mavsumda barcha 14 uchrashuvda maydonga tushgan. 2019-yilda u jamoasining 19 ta oʻyinidan 18 tasida qatnashgan va 2019-yil 20-may kuni „Kubanochka“ga qarshi oʻyinda (1:1) gol muallifiga aylanganKUBANOCHKA VS. TORPEDO IZHEVSK 1 – 1.
2020-yildan beri u Ryazan-VDV jamoasida ikki mavsum oʻynadi. 2021-yilda jamoaning Superligadagi birinchi gol muallifiga aylandi va 2021-yilda klubning eng yaxshi toʻpurari (7 gol). 2022-yil boshida „Rubin“ga oʻtganKSYeNIYa ALPATOVA – IGROK „RUBINA“.
Rossiya yoshlar terma jamoasida oʻynadi, 11 ta oʻyin oʻtkazgabn. 2021-yil iyun oyida Rossiya terma jamoasi yigʻiniga chaqiriladi.
Manbalar
Havolalar Rossiya futbol federatsiyasidagi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:19-avgustda tugʻilganlar