Janubiy Osiyo Futbol Federatsiyasi (SAFF) – Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Janubiy Osiyodagi mintaqaviy federatsiyasi boʻlib, 1997-yilda tashkil etilgan. Federatsiyasi tarkibiga Bangladesh, Butan, Hindiston, Maldiv orollari, Nepal, Pokiston va Shri-Lanka futbol federatsiyalari kiradi.

Tarix Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda SAFF deb yuritiladi – ingliz tilidagi qisqartma shakli) 1997-yilda Bangladesh, Hindiston, Maldiv orollari, Nepal, Pokiston va Shri-Lanka ishtirokida tashkil etilgan. 2000-yilda federatsiyasi Butanni oʻz tarkibiga qoʻshib, aʼzolar soni yettita yetgan. 2005-yilda Afgʻoniston ham qoʻshilgan. 2015-yilda Afgʻoniston Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi aʼzoligini tark etib yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasiga qoʻshilgan.

Prezidentlar PrezidentYillar PP Lakshmanan1997—2001 Ganesh Thapa2001—2009 Qozi Salohiddin2009—hozirgacha

Manbalar

Havolalar

South Asian Football Federation Cup at RSSSF South Asia Football – SAFF website (archived)

Turkum:Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi Turkum:Janubiy Osiyoda sport Turkum:Osiyo Futbol Konfederatsiyasi