Arnaut Danjuma Groeneveld (1997-yil 31-yanvarda tugʻilgan) — professional futbolchi, La Liganing „Villarreal“ klubi va Gollandiya terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi.

Eerste diviziyasida Jong PSV jamoasida bir marta oʻrinbosar sifatida oʻynaganidan soʻng, u Erediviziya va Eerste diviziyasida NEC, Belgiya birinchi A divizionida „Bryugge“ va Premer-ligada, EFL chempionatida „Bornmut“da oʻyngan. U 2021-yilda „Vilyarreal“ bilan 25 million yevro evaziga shartnoma imzolagan.

Nigeriyada tugʻilgan va asosan Niderlandiyada oʻsgan Danjuma 2018-yilning oktyabr oyida Gollandiya terma jamoasi safida ilk bor xalqaro maydonga tushgan.

Klublardagi faoliyati

Yoshligidagi faoliyati Danjuma Nigeriyaning Lagos shahrida tugʻilgan. Uning otasi gollandiyalik, onasi esa nigeriyalik edi. Ota-onasi ajrashgandan soʻng, u qisqa vaqt uysiz qoladi. U PSVga 2008-yilda TOP Ossdan kelib qoʻshilgan edi. U 2015-yil 7-dekabrda NACga qarshi Eerste diviziyasida Jong PSV jamoasida professional debyutini oʻtkazdi.

2016-yilning yozida Danjuma NEC bilan shartnoma imzoladi. U yerda u ikkinchi raqamli jamoada oʻynashi kutilgan edi. 10-sentyabr kuni u oʻzining sobiq jamoasi PSVga qarshi Erediviziyadagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. U 85-daqiqada Reygi Ofosuning oʻrniga maydonga tushdi. Birinchi mavsumni 16 oʻyin va bitta gol bilan yakunladi va bu mavsumda uning jamoasi Play-off bosqichidan tushib ketdi.

Bryugge 2018-yil iyul oyida Danjuma „Bryugge“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U 2018-yil 22-iyul kuni Belgiya Superkubogida debyut qildi va jamoasiga „Standart Liej„ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. 3-oktyabr kuni u Chempionlar ligasi guruh bosqichida „Atletiko Madrid" ga qarshi oʻyinda (3:1) gol urdi.

Bornmut 2019-yil 1-avgustda Danjuma 13,7 million funt sterling evaziga Premer-liganing „Bornmut" klubiga oʻtdi va uzoq muddatli shartnoma imzoladi. U 25-sentyabr kuni EFL kubogining uchinchi bosqichida „Byorton Albion“ ga qarshi oʻyinning 61-daqiqasida Dominik Solankening oʻrniga maydonga tushadi. Uning birinchi goli 2020-yil 12-sentyabrda Blekbern Roversga qarshi oʻyinda kiritilgan.

Bir oy ichida 10ta gol urganidan soʻng, Danjuma 2021-yil aprel oyidagi chempionatning eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlandi. U tarafdorlarning 40 % ovozini olib, 38 % ovozga ega boʻlgan Asmir Begovichni ortda qoldirib, Bornmutning eng yaxshi futbolchisi sovriniga sazovor boʻladi.

Villarreal 2021-yilning 19-avgustida Danjuma 25 million yevro evaziga La Liganing „Vilyarreal" klubiga oʻtdi va 2026-yilning iyunigacha shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida birinchi golini 29-avgust kuni amaldagi liga chempioni „Atletiko Madrid " bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda, UEFA Chempionlar ligasidagi ilk golini esa 14-sentyabr kuni „Atalanta"ga qarshi oʻyinda (2:2) kiritdi. 2022-yil 19-fevralda u „Granada" ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda xet-trik qayd etdi.

Danjuma „Vilyarreal“dagi birinchi mavsumidayoq Chempionlar ligasida 6 ta gol uradi. Uning 9-dekabr kuni „Atalanta“ga qarshi 3:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyindagi dubli jamoani guruhda ikkinchi oʻrinni egallagan holda 1/8 finalga olib chiqdi. 2022-yil 6-aprelda u chorak finalning birinchi oʻyinida Estadio de la Seramika stadionida „Bavariya" darvozasiga ushbu oʻyindagi yagona golni urdi. U mushak jarohati tufayli „Liverpul"ga qarshi yarim finalning ikkinchi oʻyinini oʻtkazib yuboradi.

Xalqaro faoliyati Danjuma otasi gollandiyalik, onasi esa nigeriyalik edi. Shuning uchun ham u har ikkala terma jamoaga kirish huquqiga ega edi. U birinchi marta 2018-yilning oktyabr oyida Ronald Kuman tomonidan Gollandiya terma jamoasiga chaqiriladi. U 13-oktyabr kuni UYEFA Millatlar ligasi doirasida Germaniya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvning 68-daqiqada sobiq Yong PSVdagi jamoadoshi Stiven Bergvaynning oʻrniga maydonga tushadi. Uch kundan soʻng u qoʻshni Belgiya bilan oʻrtoqlik oʻyinida 1:1 durang hisobida yakunlangan oʻyinida oʻzining birinchi xalqaro golini uradi.

Taxminan uch yildan soʻng, Danjuma jamoaga, Kodi Gakpo oʻrniga qaytdi. 2021-yil 11-oktyabr kuni 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida Gibraltarga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushadi va uning jamoasi 6:0 hisobida gʻalaba qozonadi.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarJong PSV2015-16Eerste Divisie10————10NEC2016-17Eredivisie12100——401612017-18Eerste Divisie281122——003013Jami401222——404614Club Brugge2018-19Belgian Pro League20510—21102462019-20Belgian Pro League1000—00—10Jami21510—2110256AFC Bournemouth2019-20Premier League1400010——1502020-21Championship33152000—223717Jami47152010—225217Villarreal2021-22La Liga231000—116003416Jami1324252101377214853

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Niderlandiya 2018 2 1 2021-yil 3 1 2022 1 0 Jami 6 2

2021-yil 11-oktabr oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra. Gollandiya hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, natija ustuni har bir Danjuma golidan keyin hisobni koʻrsatadi.

+ Sana Joy Qopqoq Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2018-yil 16-oktyabr King Boduin stadioni, Bryussel, Belgiya 2 1-1 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2 2021-yil 11-oktyabr De Kuip, Rotterdam, Niderlandiya 3 5-0 6-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar Bryugge klubi

Belgiya Superkubogi : 2018

Individual

Chempionatda oyning eng yaxshi futbolchisi : 2021-yil aprel „Bornmut“ OFKning eng yaxshi futbolchisi: 2020-21

Manbalar

Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilarTurkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar