Heo Ga-yoon (1990- yil 18-mayda tugʻilgan), Gayoon mononimi bilan mashhur, janubiy koreyalik aktrisa va qoʻshiqchi. U Janubiy Koreyaning 4Minute qizlar guruhi va uning 2Yoon nomli kichik guruhining sobiq aʼzosi.

Yoshligi Heo 1990-yil 18-mayda Goyang shahrida tugʻilgan. 2005-yilda SM agentligining 9-"Eng yaxshi qoʻshiqchi" tanlovida ikkinchi oʻrinni egallagan. U Dongduk qizlar oʻrta maktabini tamomlagan. 2008-yilda Heo Marioning „I’m Yours“ klipida 2AM guruhi aʼzosi Seulong birga suratga tushgan.

Faoliyati Heo 2009-yilda 4Minute huruhining aʼzosi sifatida tanlangan. Besh aʼzodan iborat qizlar guruhi rasmiy ravishda 2009-yil 18-iyun kuni Mnet ning M! Countdown koʻrsatuvida „Hot Issue“ singlini ijro etib, debyut qilgan.

2010-yil 11-fevralda Heo „One Two Three“ qoʻshigʻida Han Ye-ji bilan duet kuylagan The Woman Who Still Wants to Marry filmining saundtrekida ishtirok etgan4minuteʼs Ga-yoon & Han Ye Ji release One Two Three. 2010-yil 3-sentyabrda Ga-yoon Sunny Side albomining „Bad Guy Good Girl“ qoʻshigʻi bilan mashhur ijrochiga aylangan4minuteʼs Ga-yoon jumped at the chance to feature for Sunny Side. 2010-yil oktyabr oyida Heo Ga-yoon Seuldagi 2010-yilgi G-20 sammitida jamoatchilik ishtirokini oshirish maqsadida „Letʼs Go“ qoʻshigʻini yozib olgan Janubiy Koreyaning turli guruhlaridagi yigirmata sevimli qoʻshiqchilardan biri edi. U Yong Jun-hyung va G.NA bilan birga qoʻshiqda vokal kuylagan.

2014-yilda HyunA, Ga-yoon va Sohyun yanvar oyida Brave Brothers guruhining oʻninchi yubiley albomi uchun „Only Gained Weight“ qoʻshigʻini chiqarishgan. Sentabr oyida Gayoon Beast guruhining Li Gi-kvang va Do Sang Woo aʼzolari bilan birga OnStyle telekanalining Style Log moda dasturining uchinchi mavsumida MC sifatida ishtirok etgan. Mavsum premyerasi 12-sentyabrda boʻlib oʻtganKikwang, Ga-yoon, and Do Sang Woo are a stylish trio for '1st Look'.

2015-yilda Gayoon 18-avgust kuni Yong Jun-hyung bilan birga SBS telekanalining Yong-pal dramasi uchun „Nightmare“ deb nomlangan saundtrekni chiqarganB2STʼs Junhyung and 4minuteʼs Gayoon chase away your 'Nightmareʼ with their 'Yong Pal' OST!. Noyabr oyida Gayoon oʻzining Father, Daughter filmi bilan katta ekranda debyut qilishi maʼlum boʻlgan. Gayoon, Jung So-min va Min Do-hee obrazida suratga tushgan{ko icon} 도희, 영화 '아빠는 딸' 캐스팅…배우 자리매김.

Diskografiyasi

Yakkaxon qoʻshiqlari YilAlbomQoʻshiq2011MBC My Princess"Wind Blow"SBS Lie To Me"Shameless Lie"KBS Poseidon"I Think It Was a Dream"

Filmografiyasi

Film YilNomRolIzohlar2016Daddy You, Daughter MeKyung MiIkkinchi darajali rol2018The Drug KingJong-soonIkkinchi darajali rol2020Search OutNoo-riAsosiy rol2022Singer SongSon Hye

Manbalar

Havolalar

.

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar