Filiz Ahmet (, tugʻ. 1981-yil 15-aprelhttps://www.kinopoisk.ru/name/1769558/) — turk teatr va kino aktrisasi.
Biografiyasi Filiz Ahmet 1981-yil 15-aprelda Makedoniya Respublikasi poytaxtida tugʻilgan. Bosniya urushi paytida Filiz butun oilasi bilan Shvetsiyaga koʻchib oʻtdi. Bu mamlakatda qiz tibbiyot litseyiga oʻqishga kirdi va tibbiy taʼlim sohasida mutaxassis boʻldi. Filiz ona shahri Skopyega qaytib, mashhur teatr arbobi boʻlgan mashhur bobosi Luftyu Seyfullaning izidan borishga qaror qildi. U Tasviriy sanʼat akademiyasiga oʻqishga kirdi va 2003-yilgacha u yerda oʻqidi. Bundan tashqari, aktrisa Turkiya teatr konservatoriyasida tahsil olgan va u yerda hamon faoliyatini davom ettirmoqdahttps://www.kinopoisk.ru/name/1769558/.
Filiz turk, makedon, alban, shved, ingliz, serb va baʼzi bolgar tillarini yaxshi biladi. Tomoshabinlar „Muhtasham asr“ serialini nafaqat Turkiyada, balki xorijda ham tomosha qila boshlaganidan soʻng, aktrisa butun dunyo boʻylab muxlislariga ega boʻldi.
Martaba Filizning kinodagi ilk debyuti Makedoniyaning „Vasvasa“ mini-seriali boʻldi. Filiz Ahmet Turkiyada 2007-yilda Star TVda namoyish etilgan Goodbye Rumelia teleseriali bilan mashhur boʻldihttps://uznayvse.ru/znamenitosti/biografiya-feliz-ahmet.html. „Hayotimning maqsadi“, „Boshqa tuman yigitlari“, „Afsus“ kabi turk filmlarida ham suratga tushgan. Aktrisa „Bolqon toʻyi“ teleserialida Galina rolini oʻynaganidan koʻp oʻtmay, unga „Muhtasham asr“ tarixiy filmida Nigar-kalfa rolini taklif qilishdi. „Muhtasham asr“ filmini suratga olishni tugatgandan soʻng Filiz „Baxtli oila kitobi“ filmida suratga tushdihttps://uznayvse.ru/znamenitosti/biografiya-feliz-ahmet.html. 2014-yilda esa u „Menga gʻamxoʻrlik qiling“ filmida kamo rolini oldihttps://uznayvse.ru/znamenitosti/biografiya-feliz-ahmet.html.
Ayni damda aktrisa FOX TV telekanalida har seshanba kuni efirga uzatiladigan „Ruhim koʻzgusi“ turk serialida suratga tushmoqdahttps://uznayvse.ru/znamenitosti/biografiya-feliz-ahmet.html.
Mukofotlar
2003-yilda „Küçürekkiz“ filmidagi roli uchun eng yaxshi yosh aktrisa sifatida taqdirlanganhttps://www.film.ru/person/filiz-ahmet. 2005-yilda u eng istiqbolli yosh aktrisa sifatida taqdirlandihttps://www.film.ru/person/filiz-ahmet. 2007-yilda „Kulis Ardi“ filmi uchun „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ sifatidahttps://www.film.ru/person/filiz-ahmet. 2014-yilda u „Ayollar ishi“ filmidagi roli uchun „Eng yaxshi komediya aktrisasi“ nominatsiyasida gʻolib chiqdihttps://www.film.ru/person/filiz-ahmet.
Manbalar
Havolalar
Filiz Ahmet rasmiy veb-sayti
Turkum:Turkiyalik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:15-aprelda tugʻilganlar