Olga Kaidantzi (; 1979-yil 17-iyulda tugʻilgan) — 200 metrga yugurishga ixtisoslashgan yunon ayol sprinter. U Gretsiya terma jamoasi safida jamoaviy estafeta oʻyinlarida ishtirok etgan va barcha musobaqalarda Gretsiya shaʼnini himoya qilgan.
Biografiya Olga Kaidantzi 1979-yil 17-iyulda Gretsiyada tugʻilgan. Olga Kaidantzi vatani Gretsiyada oʻtkazilgan 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Ayollar oʻrtasida 200 metrga yugurish boʻyicha musobaqalarda yarim finalga qadar chiqqan va 23.30 soniya natijasiga erishgan. 2001-yilgi yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida Georgia Kokloni, Frosso Patsou va Ekaterini Thanou bilan birgalikda jamoaviy oltinchi oʻrinni egallagan, 4 × 100 metrga estafeta uslubidagi musobaqalarda ishtirok etgan Gretsiya jamoasi aʼzosi edi. Olga Kaidantzi 2002-yilgi Yevropa yengil atletika chempionatida ishtirok etib, yarim final bahslariga qadar yetib bordi, ammo yakunda gʻoliblikni boy berdi.
Turli jiddiy jarohatlar tufayli uzoq tanaffusdan soʻng (2005-2008), Olga Kaidantzi 2009-yilda 200 metrga yugurish boʻyicha eng yaxshi yunon sprinteriga aylandi va 23,93 soniya natija bilan Gretsiyaning ochiq havodagi bahslari chempioni unvonini qoʻlga kiritdi. Olga Kaidantzi 200 metrga yugurish boʻyicha besh karra Gretsiya chempioni (2001, 2002, 2003, 2004 va 2009) unvoniga sazovor boʻlgan.
2004-yil 12-iyundan beri Olga Kaidantzining shaxsiy eng yaxshi natijasi 200 metrga yugurish boʻyicha 22,88 soniyani tashkil etadi. Olga Kaidantzi yunon atletlari roʻyxatida Ekaterini Koffadan keyingi ikkinchi oʻrinni egallaydi.
Mukofotlar Vakillik 1998Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiAnnecy, Fransiya16-oʻrin (sf)200m24.63 (wind: −0.7 m/s)2001U23 Yevropa chempionatiAmsterdam, Niderlandiya5-oʻrin200m23.79 (wind: −0.3 m/s)5th4x100 m relay45.11Oʻrtayer dengizi oʻyinlariRodos, Tunis4-oʻrin200 m23.71 w3-oʻrin4 x 100 m relay44.97Jahon chempionatiEdmonton, Kanada6-oʻrin4 x 100 m relay43.25 SB2002Yengil atletika boʻyicha Yevropa chempionatiMyunxen, Germaniya11-oʻrin (sf)200 m23.392004Yevropa kubogiBydgoszcz, Polsha6-oʻrin200 mOlimpiada oʻyinlariAfina, Gretsiya15-oʻrin (sf)200 m23.30
Shaxsiy eng yaxshi natijalar 60 metr 100 metr 200 metr 7,43 sek 11,56 sek 22,88 sek
Manbalar
Havolalar
Edmonton 2001 4x100 yakuniy estafetasining boshlangʻich roʻyxati Sport maʼlumotnomasida profil Segasdagi profil Iaaf profili Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar
Turkum:Ayol sprinterlar Turkum:WikiAyollar