Nikoleta 'Nikol' Kiriakopoulou ( , 1986-yil 21-martda tugʻilgan) – grek tayanib sakrash ustasi.
Sportdagi faoliyati Nikoleta Kyriakopoulou 30ga yaqin musobaqalarda ishtirok etgan va ularning barida Gretsiya nufuzini himoya qilgan. U 2004-yili Grosseto shahrida boʻlib oʻtgan Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 4.00 metrlik natija koʻrsatib oltinchi oʻrinni egallaydi. Keyingi yili Nikoleta Kyriakopoulou Kaunasda oʻtkazilgan Yevropa oʻsmirlar chempionatida yana shu natija bilan yettinchi oʻringa loyiq koʻrildi. 2007-yilgi Bangkokda boʻlib oʻtgan Universiadada uning natijalari tushib ketdi, 3.90 metrlik koʻrsatkich bilan oʻn uchinchi oʻrinda oʻyinni yakunladi.
Nikoleta Tokio-2021 Olimpiadasida 8-oʻrinni egalladi. Shuningdek, Nikoleta Kyriakopoulou 2015-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 4,80 metrga sakrab bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2015-yilgi mavsumda u barni 4,83 metrga koʻtarib, beshta Gretsiya rekordini (ichki va tashqi) oʻrnatdi. Oʻsha yili Nikoleta Kyriakopoulou IAAF olmos ligasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan birinchi yunon sportchisi sifatida etirof etildi.
Nikoleta Kyriakopoulouning yirik musobaqadagi ilk muvaffaqiyati 2012-yilda Helsinkidagi Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganida sodir boʻlgan. Bir yil avval, 2011-yilda u Tegu shahrida boʻlib oʻtgan IAAF jahon chempionatida 8-oʻrinni egallagan edi. Nikoleta Kyriakopoulou, shuningdek, 2009-yilda Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida 4,50 metrlik rekord bilan gʻoliblikka sazovor boʻldi, oʻsmir sportchi sifatida esa 2004-yilda Grossetoda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 6-oʻrinni egalladi.
2017-yilda Nikoleta Kyriakopoulou farzandi dunyoga kelgach, sportda uzilishlar yuz berdi va 2018-yilgi musobaqalarga qaytishini rasman eʼlon qildi. Nikoleta Kyriakopoulou 2018-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali va 2019-yili Glazgodagi Yevropa chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Xalqaro musobaqalar Vakillik 2004-yilYoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiGrosseto, Italiya6-oʻrin4.00 m2005-yilYevropa oʻsmirlar chempionatiKaunas, Litva7-oʻrin4,00 m2007-yilUniversiadaBangkok, Tailand13-oʻrin3,90 m2008-yilOlimpiada oʻyinlariPekin, Xitoy27-oʻrin4,15 m2009-yilOʻrta yer dengizi oʻyinlariPeskara, Italiya 1-oʻrin4,50 m GRJahon chempionatiBerlin, Germaniya19-oʻrin4,40 m2010-yilYopiq inshootlardagi jahon chempionatiDoha, Qatar2-oʻrin4,45 mYevropa chempionatiBarselona, Ispaniya13-oʻrin4,25 m2011-yilYopiq inshootlardagi Yevropa chempionatiParij, Fransiya9-oʻrin4,35 mJahon chempionatiDaegu, Janubiy Koreya8-oʻrin4,65 m2012-yilYevropa chempionatiHelsinki, Finlandiya 3-oʻrin4,60 mOlimpiada oʻyinlariLondon, Birlashgan Qirollik19-oʻrin4,25 m2013-yilYopiq inshootlardagi Yevropa chempionatiGyoteburg, Shvetsiya10-oʻrin4,36 mJahon chempionatiMoskva, Rossiya13-oʻrin4,45 m2014-yilYopiq inshootlardagi jahon chempionatiSopot, Polsha12-oʻrin4,30 mYevropa chempionatiSyurix, Shveysariya7-oʻrin4,35 m2015-yilYopiq inshootlardagi Yevropa chempionatiPraga, Chexiya5-oʻrin4,50 mJahon chempionatiPekin, Xitoy 3-oʻrin4,80 m 2015 IAAF olmos ligasi 1-oʻrinbatafsil maʼlumotlar2016-yilYopiq inshootlardagi jahon chempionatiPortlend, AQSH6-oʻrin4,60 mYevropa chempionatiAmsterdam,Niderlandiya4-oʻrin4,55 m2018-yilOʻrta yer dengizi oʻyinlariTarragona, Ispaniya3-oʻrin4,31 mYevropa chempionatiBerlin, Germaniya2-oʻrin4,80 m2019-yilYevropa yopiq inshootlardagi chempionatiGlazgo, Buyuk Britaniya3-oʻrin4,65 mJahon chempionatiDoha, Qatar13-oʻrin4,50 m2021-yilOlimpiada oʻyinlariTokyo, Yaponiya8-oʻrin4,50 m2022-yilJahon chempionatiEugene, Amerika Qoʻshma Shtatlari24-oʻrin4,35 m
Shaxsiy eng yaxshi natijalar Tadbir Qayd etilgan natija Sana Joy Ochiq tayanch 4,83 m 2015-yil 4-iyul Parij, Fransiya Ichkarida ustunli sakrash 4,81 m 2016-yil 17-fevral Stokgolm, Shvetsiya
Shaxsiy hayoti Nikoleta turmushga chiqqan va bir qizi bor. Galereya
Manbalar
Nikoleta Kyriakopoulou at World Athletics
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar