Aloísio dos Santos Gonçalves, (Aloísio yoki Luo Guofu nomi bilan tanilgan. 1988-yil 19-iyunda tugʻilgan), professional futbolchi, „America Mineiro“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Braziliyada tugʻilgan, u Braziliya fuqaroligidan voz kechgan va 2020-yilda Xitoy fuqaroligini qabul qilgan.

Klubdagi faoliyati Aloisio Gremio bilan ilk professional shartnomasini 2006-yilning iyunida besh yilga imzolagan. Klub 7,25 million funt sterling tovon puli toʻlashni shartnoma bandiga qoʻshib bqoʻygan. Aloisio toʻliq debyutini 2006-yil 14-oktyabrda „Gremio“ safida „San Caetano“ga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan.

2007-yilning avgustida u Shveysariyaning ikkinchi divizioni "Kyasso " klubiga ikki mavsumga ijara asosida oʻtgan.

2011-yil 18-mayda u oʻzining sobiq jamoasi „Chapekoense“dagi ajoyib oʻyinlari tufayli Braziliyaning A Seriya klubi „Figeyrense“ga qoʻshilgan. U 19 ta oʻyinda 14 ta gol urib, „Chapekoense“ni Chempionlar kubogiga olib chiqgan.

2012-yilning 1-dekabrida Aloisio "Sao Paulo" bilan oldindan shartnoma imzolaganini tasdiqlanagan, bu shartnoma unga Yevropaning yirik klublaridan shartnoma taklif qilinganda taqdirda "Sao Paulo"dan isteʼfoga chiqarilishi belgilanganDestaque do Figueirense, Aloísio diz ter pré-contrato com São Paulo (in Portuguese). 7-dekabr kuni „Sao Paulo“ klubi prezidenti Juvenal Juvensio Aloisio 2013-yilgi mavsumda jamoada oʻynashini tasdiqlagan.

2013-yilning 10-iyulida Aloisio oʻz maydonida Baiyaga qarshi oʻyinda (1:2) Braziliya Ligasida Sao Paulo tarixidagi 1000-golini kiritgan. Keyingi oʻyinda Aloisio Portuguesa de Desporosga qarshi bahsda (2:1) gol urgan. Bir hafta oʻtgach, CR Flamengoga qarshi oʻyinda Aloisio yana bir bor gol muallifiga aylangan. 2013-yil 27-oktabrda Aloisio oʻzining ilk xet-trikini "Sao Paulo" klubida "Internacional "ga qarshi bahsda kiritigan.

Aloisio 2014-yilning yanvarida Xitoy Superligasi vakili „Shandong Lunen“ga 5 million yevro evaziga oʻtgan. U Xitoy Superligasining 2015-yilgi mavsumida 28 oʻyinda 22 ta gol urgan holda toʻpurar boʻlgan. Aloisio 2016-yilning iyulida Superliganing boshqa jamoasi „Hebei China Fortune“ga qoʻshilgan.

2018-yilning 16-yanvarida Aloisio Xitoyning birinchi ligasiga yangi kelgan Meizhou Meixian Techandga qoʻshilgan va ikki yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati 2021-yil 7-sentyabrda Aloisio 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida Yaponiyaga qarshi oʻyinda (0:1) xalqaro maydonda debyut qilgan. Saudiya Arabistoniga qarshi ikkinchi xalqaro oʻyinida Aloisio gol urgan.

Faoliyat statistikasi

Klub KlubMavsumLigaKubokQitʼaLiga KubogiBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolCaxias2010C Seriya00000071 -71Jami000000710071Chapecoense (Ijara)2011B Seriya0000001914 -1914Jami0000001914001914Figueirense (loan)2011A Seriya214000000 -2142012301400201714 -4928Total5118002000007032Sao Paulo (Ijara)2013A Seriya331100154154215915Jami331100154154215915Shandong Luneng2014Xitoy Super Ligasi27100061 - -3311201528223200 - -312420161110000 - -111Jami6633326100007536Hebei China Fortune2016Xitoy Super Ligasi11600 - - -1162017261400 - - -2614Jami3720000000003720Guangdong South China Tiger2018Xitoy Birinchi Ligasi261200 - - -26122019251110 - - -2611Jami5123100000005223Guangzhou Evergrande2020Xitoy Super Ligasi501130 - -912021930000 - -93Jami14311300000184Karyerada jami22011353265583321341150

Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyinGol 2021 4 1 2022 1 0 Jami 5 1 № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.12.10.2021 King Abdullah Sports City Stadium, Jidda, Saudiya Arabistoni 1 — 2 2-3 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar

Klub ; Gremio

Campeonato Gaucho : 2007-yil; Chapekoense

Campeonato Catarinense : 2011-yil; Shandong Luneng

Xitoy FA : 2014 Xitoy FA super kubogi : 2015

Shaxsiy yutuqlar

Xitoy Superligasi „Oltin butsa“ sovrini: 2015-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Sportchilar