Angel Zaldivar Caviedes (1994-yil 8-fevralda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX klubi Guadalajara jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Meksika terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Klubdagi karyerasi

Guadalajara Zaldivar oʻzining rasmiy debyutini 2013-yil 28-iyul kuni „Quretaro“ jamoasiga qarshi oʻz uy stadinonida oʻtkazgan. U oʻzining birinchi ligadagi golini „Chiapas“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan, oʻyinda jamoa 1:1 hisobida durang oʻynagan.

Coras (Ijara) U 2015-yilda koʻproq maydonga tushish va tajriba orttirish maqsadida Coras de Tepich jamoasiga ijaraga yuborilgan.

Guadalajaraga qaytish Guadalajara jamoasiga qaytib kelgach, u birinchi va ikkinchi ligadagi gollarini CF Pachuca darvozasiga kiritgan va oʻyin 4:4 hisobida durang bilan yakunlanishiga sababchi boʻlgan asosiy oʻyinchilardan biri hisoblangan. Zaldivar oʻzining 2016-yilda 1-ligadagi golini va Guadalajara bilan 4-professional golini Puebla jamosiga qarshi oʻyinda kiritgan va oʻyindagi hisobni 2: 0ga yetkazgan, bu oʻyin CD Guadalajara jamoasining 3: 0 hsiobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan.

Monterrey 2019-yilning 1-yanvarida Zaldivarning Monterreyga 1 yilga ijaraga oʻtgani eʼlon qilingan. 2019-yilning 5-yanvarida u „Pachuca“ga qarshi oʻyinda (5:0) debyut qilgan va 84-daqiqada gol urgan.

Puebla 2020-yil 3-yanvarda Puebla Zaldivarni 6 oylik ijara evaziga olganini eʼlon qilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub KlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolGuadalajara2012-13Liga MX10——102013-1415170—2212014-154020—602015-16233123—3562016-17329152—47112017-1819241302632018-1917610212072020-21192——1922021-22297——2972022-2363-—63Jami165334165121140Coras (Ijara)2014-15Ascenso MX10320—123Monterrey (Ijara)2018-19Liga MX131—201512019-2030421082Jami1614230233Puebla (Ijara)2019-20Liga MX92——92Karyerada jami200394788125548

Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyinlar Gollar Meksika 2016 1 0 2018 5 0 Jami 6 0

Yutuqlar Guadalajara

Liga MX : Clausura 2017 Copa MX : Apertura 2015 Clausura 2017 Supercopa MX : 2016 KONKAKAF Chempionlar Ligasi : 2018

Monterrey

Liga MX : Apertura 2019 KONKAKAF Chempionlar Ligasi : 2019

Meksika yoshlari

Markaziy Amerika va Karib dengizi oʻyinlari : 2014-yil Panamerika kumush medali : 2015-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar