Álvaro Odriozola Arzalluz (1995-yil 14-dekabrda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Real Sociedad“ klubi va Ispaniya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Uning asosiy pozitsiyasi qanot himoyachisi boʻlib, qanot yarimhimoyachisi sifatida ham oʻynay oladi.

Jamoalardagi faoliyati

Real Sociedad link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/25/%C3%81lvaro_Odriozola.jpg/170px-%C3%81lvaro_Odriozola.jpg|left|thumb| Odriozola „Real Sociedad“ safida, 2017-yil Basklar mamlakatining San-Sebastyan shahrida tugʻilgan Odriozola 2006-yili oʻn yoshida „Real Sociedad“ning yoshlar tarkibiga olingan. 2013-yil 1-sentabrda Segunda B divizioni doirasida zaxira jamoasi safida UD Las-Palmas Atletikoga qarshi safarda 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchralgan bahsda debyutini amalga oshirdi va oʻsha oyda UEFA Yoshlar Ligasidagi bir nechta oʻyinlarda qatnashdi.

2017-yilning 16-yanvarida Carlos Martinez ham, Joseba Zaldua ham jarohat olgani uchun Odriozola oʻzining asosiy jamoasi va La Ligadagi debyutini safarda „Malaga“ga qarshi safarda 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazdi. Turnir oxirigacha u yana 16 oʻyinda maydonga tushdi.

Odriozola 2017-yil 10-iyun kuni shartnomasini 2022-yilgacha uzaytirdi va 2017-18-yilgi mavsum oldidan kattalar tarkibiga koʻtarilib, tezda birinchi raqamli oʻng qanot himoyachisiga aylandi. U oʻzining ilk professional golini 2018-yilning 15-fevralida Anoeta stadionida UEFA Yevropa ligasi 1/8 finalida Red Bull Zalsburg bilan oʻyinda (2:2) kiritdi.

Real Madrid 2018-yilning 5-iyulida "Real Madrid" „Real Sociedad“ bilan Odriozola transferi boʻyicha kelishuvga erishdi. Toʻlov 30 million yevroni tashkil etib, 5 million yevro shartli bonuslar boʻlishi xabar qilingandi. Shu yilning oʻzida 22-sentabr kuni „RCD Espanyol“ga qarshi oʻyinda (1:0) toʻliq 90 daqiqa oʻynab, debyutini amalga oshirdi. Odriozola oʻzining ligadagi birinchi golini 2021-yil 21-aprelda „Kadiz“ga qarshi oʻyinda (3:0) urdi.

Bavariya (ijara) 2019-20-yilning birinchi yarmida madridliklar safida atigi besh marta maydonga tushgach, 2020-yilning yanvarida u mavsumning qolgan qismini oʻtkazish uchun „Bavariya“ga ijaraga berildi. 2020-yil 23-avgustda „Bavariya“ safida 2019-20-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib chiqdi.

Fiorentina (ijara) U 2021-yil 28-avgustda bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida „Fiorentina“ tarkibiga qoʻshildi.

Xalqaro maydondagi karyerasi Odriozola birinchi bor Albert Celades tomonidan Ispaniya U21 terma jamoasi tarkibiga jalb qilingan va jamoaning 2017-yilgi UEFA Yvropa chempionati finaliga chiqishiga hissa qoʻshgan. U 2017-yilning 6-oktabr kuni 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Albaniya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda Ispaniya terma jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi; mazkur oʻyinda u toʻliq harakat qilib, Tiago Alkantaraning jamoani mundialga olib chiqqan goliga assistentlik qildi.

Odriozola Rossiyada boʻlib oʻtadigan mundialning final bosqichi uchun terma jamoaning 23 kishilik tarkibiga kiritildi. Mamlakat libosidagi ilk golini 2018-yilning 3-iyunida Vilyarrealda Shveysariya bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (1:1) kiritgan.

Karyera statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMamlakat kubogiMintaqaviyBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolReal Sociedad B2013-14Segunda División B90———902014-15Segunda División B271———2712015-16Segunda División B322———3222016-17Segunda División B180———180Jami863000000863Real Sociedad2016-17La Liga15010——1602017-18La Liga3500061—411Jami500106100571Real Madrid2018-19La Liga1405130002212019-20La Liga40001000502020-21La Liga1321020001622022-23La Liga0000000000Jami312616000433Bavariya (ijara)2019-20Bundesliga301010—50Fiorentina (ijara)2021-22A Seriya25120——271Jami1956101131002188

Xalqaro

+Terma jamoa va yil koʻrsatkichi boʻyicha oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol Ispaniya 2017 2 0 2018 2 1 Jami 4 1

Sovrinlari Real Madrid

La Liga: 2019-20 Ispaniya Superkubogi: 2019-20 FIFA klublar oʻrtasida jahon chempionati: 2018

"Bavariya"

Bundesliga: 2019-20 DFB-Pokal: 2019-20 UEFA Chempionlar Ligasi: 2019-20

Ispaniya U21

21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrin sohibi: 2017

Manbalar

Havolalar

Álvaro Odriozola Real Madrid CF saytida

Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Real Sociedad B futbolchilari Turkum:Real Sociedad futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:FC Bayern Munich futbolchilari Turkum:ACF Fiorentina futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar