link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/de/Michelangelo_Caravaggio_065.jpg/250px-Michelangelo_Caravaggio_065.jpg|thumb|303x303px| Michelangeloning "Narcissus" asari (1597-99); oʻz aksiga maftun boʻlgan odam.

Narsissizm oʻzi egosiga qaram boʻlgan shaxsiyat yoʻnalishi boʻlib, kishining oʻz tashqi koʻrinishi yoki qiyofasiga haddan tashqari qiziqish bildirishi va koʻpincha boshqalar hisobidan oʻz ehtiyojlari bilan haddan tashqari ovora boʻlib qolishi shaklida namoyon boʻladi.

Oʻzi va oʻz ehtiyojlari haqida maʼlum darajada qaygʻurish har bir individga xos tabiiy jarayondir. Narsissizm odatiylikdan gʻayritabiiy shaxsiyat ifodasigacha boʻlgan davomiylikda namoyon boʻlishi mumkin. Narsissizmning normal, sogʻlom darajalari va oʻz-oʻzini qabul qilishi qiyin boʻlgan yoki narsisistik shaxsiyat buzilishi kabi patologik ruhiy kasalligi boʻlgan odamlar oʻrtasida sezilarli farq bor.

Tarixi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/62/Antonio_Zanchi_-_Sisyphus_-_335_-_Mauritshuis.jpg/250px-Antonio_Zanchi_-_Sisyphus_-_335_-_Mauritshuis.jpg|right|thumb|250x250px| Yunon mifologiyasida xudolarni ortda qoldira olishiga ishongan Sisyphus haqida hikoya qilinadi. U manmanlikda ayblangan va abadiy toshni tepalikka dumalatib olib chiqish jazosiga hukm qilingan. Sizif har safar choʻqqiga yaqinlashganda tosh orqaga dumalab ketar va Sizif xuddi shu vazifani yana qayta takrorlashga majbur boʻlardi. „Narsissizm“ atamasi miloddan avvalgi 8-yilda yozilgan Rim shoiri Ovidning "Metamorfozalar" asaridan kelib chiqqan. Asarning 3-sheʼriy kitobida koʻplab potensial oshiqlarning yutuqlarini rad etuvchi kelishgan yigit Narsissusning afsonaviy tarixi haqida hikoya qilinadi. Unga koʻra, boshqalar chiqargan tovushlarni akslantirishga hukm qilingan laʼnatlangan Echo nimfasini rad etgan Narsissusni xudolar suv havzasidagi oʻz aksini sevib qolish bilan jazolaydi. Narcissus sevgisi yoʻnaltirilgan obyekt unga sevgi bilan javob qaytara olmasligini bilib qolgach, uni qargʻay-qargʻay halok boʻladi.

Haddan tashqari xudbinlik tushunchasi butun tarixiy davr davomida tan olingan. Qadimgi Yunonistonda bu holat hubris tushunchasi sifatida maʼlum boʻlgan.

Faqat XIX asr oxirlariga kelib narsissizm psixologik nuqtai nazardan oʻrganila va tavsiflana boshladi. Oʻsha vaqtdan beri mazkur atama psixologiyada maʼno jihatidan sezilarli farqlarga ega boʻldi. Narsissizm quyidagilarni tasvirlash uchun ishlatilgan:

jinsiy buzuqlik; normal [sogʻlom] rivojlanish bosqichi; psixoz alomati va obyekt munosabatlarining bir nechta xususiyatlari [kichik tiplar].

Psixiatrlar Pol Näcke va Havelock Ellis (1889) bir-biridan mustaqil tarzda birinchi marta „narsissizm“ atamasini oʻz tanasiga jinsiy sherikning tanasiga qanday munosabatda boʻlsa, xuddi shunday muomala qiladigan odamni tasvirlash uchun ishlatgan. Narsissizm, bu nuqtai nazardan, insonning butun jinsiy hayotini suiisteʼmol qiladigan buzuqlik sifatida koʻrilgan.

Psixoanalitik Otto Rank 1911-yilda narsissizm haqidagi birinchi klinik maqolani nashr etdi va uni bemaʼnilik va oʻz-oʻzidan hayratlanish bilan bogʻladi.

Yana bir psixoanalitik, nevrolog Ernest Jones 1913-yilda birinchi boʻlib ekstremal narsissizmni talqin qildi va uni xarakterdagi nuqson sifatida „Xudo-kompleks“ deb atadi. U Xudo kompleksiga ega boʻlgan odamlarni oʻzini oʻta muhim deb hisoblovchi, haddan tashqari oʻziga ishongan, avtoerotik, oʻzini koʻz-koʻz qiladigan, oʻzidan hayratlanadigan, hamma narsani bilaman va qila olaman deb hisoblaydigan shaxs sifatida tavsiflaydi. Bunday individlarning oʻziga xoslikka muhtojligi yaqqol kuzatiladi.

Zigmund Freyd (1914) oʻzining „Narsissizm haqida: Kirish“ nomli risolasida narsissizm haqidagi qarashlarini bayon qildi. Uning fikricha, hamma odamlar tugʻilganidan boshlab narsisizm darajasiga ega (birlamchi narsissizm) va bu narsissizm sogʻlom xarakterga ega hamda vaqt oʻtishi bilan boshqalarga boʻlgan muhabbat sifatida namoyon boʻladi. Freyd narsisizmni avtoerotizm va obyektga muhabbat, boshqalarga muhabbat oʻrtasidagi zaruriy oraliq bosqich deb hisboblaydi. U, shuningdek, oʻz muhabbatini boshqalarga koʻrsatish darajasiga yetgan odamlar bu muhabbatni oʻzlariga yoʻnaltirganlarida narsisizm nevrozga (ikkilamchi narsissizmga) aylanadi, degan nazariyani ilgari suradi. Vaqt oʻtishi bilan bu shaxslar jamiyatdan uzilib qoladilar va boshqalarga qiziqmay qoʻyadilarFreud, Sigmund, On Narcissism: An Introduction, 1914.

Robert Waelder 1925-yilda birinchi boʻlib narsisizmni shaxsiy xususiyat sifatida konsepsiyalashtirgan. Uning taʼrifi kamsituvchi, oʻzini boshqalardan ustun his qiladigan, tez-tez oʻzidan hayratlanadigan va boshqalarga hamdardlik koʻrsatmaydigan shaxslarni tasvirlaydi. Waelderning ishi va amaliy tadqiqotlari bugungi kunda narsissizm va klinik buzilish sanalgan narsisistik shaxsiyat buzilishining taʼriflanishiga taʼsir koʻrsatdi. Uning bemori muvaffaqiyatga erishgan olim boʻlib, u oʻzini haddan ortiq darajada yaxshi koʻrar va oddiygina aybdorlik hissga ega emasdi. U odamlardan oʻta uzoq va mustaqil, boshqalarga hamdardlik bildira olmaydigan va intim munosabatlarda xudbin edi. Bundan tashqari, u haddan tashqari mantiqiy fikr yuritar va ilmiy bilimlarni amaliy qoʻllashda mavhum intellektual fikrni qadrlardi.

Karen Horney (1939) narsissizm oʻzini oʻzi sogʻlom baholashdan patologik holatgacha boʻlgan spektrdagi hodisa ekanligini taxmin qiladi.

Bu atama 1979-yilda Christopher Laschning "Narsissizm madaniyati" asari nashr etilgandan keyin kengroq ijtimoiy ong chegaralariga kirdi Oʻshandan beri ijtimoiy tarmoqlar, bloggerlar va oʻz-oʻzini band qiluvchi mualliflar „narsissizm“ni oʻz manfaatlari uchun harakat qiluvchilar va barcha uy zoʻravonlari uchun umumiy taʼrif sifatida qoʻllaydilar.

Xususiyatlari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5a/Sigmund_Freud_colorized.jpg/250px-Sigmund_Freud_colorized.jpg|right|thumb|352x352px| Freyd narsissizm normal, sogʻlom va tugʻilishdan boshlab barcha odamlarda mavjud boʻlgan xususiyat degan nazariyani ilgari surdi (birlamchi narsissizm). Bu nazariyaga koʻra, vaqt oʻtishi bilan narsissizmning bu koʻrinishiga boshqalarga boʻlgan mehr xususiyati ham qoʻshiladi. Ikkilamchi narsissizm, nevroz, odamlar oʻz yoʻnalishini oʻzgartirganda va oʻz mehrini oʻzlariga yoʻnaltirganda paydo boʻladi. Narsissizm „yaxshi“ yoki „yomon“ boʻlishi shart degan standart mavjud emas; bu oʻlchanayotgan kontekst va natijalarga bogʻliq. Ijtimoiy munosabatlarni boshlash kabi muayyan ijtimoiy kontekstlarda va oʻzini yaxshi his qilish kabi maʼlum natijalar bilan sogʻlom narsissizm foydali boʻlishi mumkin. Biroq boshqa kontekstlarda, masalan, uzoq muddatli munosabatlarni saqlab qolish va turli holatlar, masalan, faqat oʻzini haq deb hisoblash nuqtai nazaridan narsissizm zararlidir.

Narsissizmning inson shaxsiyatidagi oʻziga xosligi jihatidan toʻrtta oʻlchovi aniqlangan: yetakchilik/hokimiyat, ustunlik/takabburlik, oʻzini sevish/oʻzidan hayratlanish va ekspluatatsiya/huquq See p. 347..

Narsissizmning normal va sogʻlom darajalari Narsissizm yetuk oʻz-oʻzini hurmat qilish va oʻzini qadrlashning muhim tarkibiy qismidir. Aslini olganda, narsissistik xatti-harakatlar insonning oʻz qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan shaxsiy va shaxslararo strategiyalar tizimidir.

Sogʻlom narsissizm yetuk psixologik salomatlik bilan bogʻliqligi taxmin qilingan. Oʻz-oʻzini hurmat qilish narsisizm va psixologik salomatlik oʻrtasida vositachi vazifasini bajaradi. Shu sababli, oʻzini-oʻzi hurmat qilish, oʻzini-oʻzi idrok etish qobiliyati yoqimliligi tufayli yuqori darajali narsisslar nisbatan tashvish va gʻamginlikdan holi hisoblanadilar.

Narsissizmning halokatli darajalari Narsissizm oʻz-oʻzidan shaxsiy xususiyatdir. Biroq narsisistik xatti-harakatlarning yuqori darajasi zarar etkazishi va oʻzini oʻzi magʻlub qilishi mumkin. Buzgʻunchi narsissizm — bu odatda patologik narsisistik shaxs buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan baʼzi kuchli xususiyatlarning, masalan, tanlanganlik va ustunlik tuygʻulari, takabbur xatti-harakatlar va boshqalarga nisbatan hamdardlik va gʻamxoʻrlikning umumiy yetishmasligi bilan tavsiflanadigan „kattalik namunasi“ning doimiy namoyon boʻlishi bilan izohlanadi. Spektrda buzgʻunchi narsissizm sogʻlom narsissizmdan koʻra ekstremalroq, ammo patologik holat kabi ekstremal emasBrown, Nina W., The Destructive Narcissistic Pattern, 1998.

Narsisizmning patologik darajalari Narsisistik xatti-harakatlarning juda yuqori darajasi patologik holat sanaladi. Freyd taʼkidlaganidek, bunday narsissizm sogʻlom narsissizmning kuchaygan, ekstremal koʻrinishidir. Freydning narsisizm gʻoyasi oʻzidan boshqalarni seva olmaslik, empatiyaning yetishmasligi, hissiy boʻshliq, zerikish va kuchni izlashga tinimsiz ehtiyojda namoyon boʻladigan patologiyani tasvirlab beradi. Klinik nazariyotchilar Kernberg, Kohut va Teodore Millonlarning barchasi patologik narsissizmni erta bolalik davridagi noaniq va mos kelmaydigan oʻzaro taʼsirlarga javob reaksiyasi sifatida koʻrdilar. Ular narsisslarga oʻzaro munosabatlarda kompensatsiya qilishga harakat qilishni taklif qiladilar. Nemis psixoanalitigi Karen Horney (1885—1952) ham narsissistik shaxsiyatni erta muhit tomonidan shakllantirilgan maʼlum bir temperament xususiyati sifatida koʻradi.

Irsiyat Egizaklar ustida oʻtkazilgan irsiylik tadqiqotlari standartlashtirilgan testlar bilan oʻlchanadigan narsisistik xususiyatlar koʻpincha meros boʻlib qolganligini koʻrsatdi. Narsissizmning yuqori irsiyat koʻrsatkichi (0,64) ekanligi aniqlandi, bir xil egizaklarda bu xususiyatning muvofiqligi ekologik sabablarga qaraganda genetik jihatdan sezilarli darajada taʼsirlanganligini koʻrsatadi. Oddiy va patologik shaxsdan tortib narsissistik xususiyatlarning davomiyligi yoki spektri mavjudligi ham koʻrsatilgan. Bundan tashqari, dalillar shuni koʻrsatadiki, narsissizmning individual elementlari ham oʻzlarining merosxoʻrlik darajasiga ega, masalan, intrapersonal ulugʻvorlik 0,23 ballga, shaxslararo huquq esa 0,35 ballga ega. Genetik taʼsir narsissizmning namoyon boʻlishida muhim ahamiyat kasb etsa-da, bu „oʻyin“dagi yagona omil emas.

Narsissizm ifodalari

Jinsiy narsissizm Jinsiy narsisizm shahvoniy xulq-atvorning egosentrik modeli sifatida tasvirlangan, bu jinsiy qobiliyat yoki jinsiy huquqni, baʼzan nikohdan tashqari munosabatlar shaklida oshib ketgan tuygʻuni oʻz ichiga oladi. Bu oʻz-oʻzini past baholaganlik uchun ortiqcha kompensatsiya yoki haqiqiy yaqinlikni davom ettira olmaslik ifodasi boʻlishi mumkin.

Narsissistik xulq-atvor namunasi ayollarga qaraganda erkaklarda koʻproq kuzatiladi, deb hisoblansa-da bu jinsiy yetishmovchilik tuygʻularini haddan tashqari magʻrur boʻlish yoki oʻzlarining erkaklik yoki ayolliklariga berilib ketish orqali qoplaydigan erkaklarda ham, ayollarda ham uchraydi.

Baʼzi ekspertlar „jinsiy qaramlik“ deb ataladigan munozarali holat aslida qaramlik holati emas, balki jinsiy narsissizm yoki jinsiy kompulsivlik deb hisoblashadi.

Ota-onalarning narsissizmi Narsissistik ota-onalar koʻpincha oʻz farzandlarini oʻzlarining kengaytmalari sifatida koʻradilar va ularni oʻzlarining hissiy va oʻzini-oʻzi hurmat qilish ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlaydigan tarzda harakat qilishga undaydilarRapport, Alan, Ph. D.Co-Narcissism: How We Adapt to Narcissistic Parents. The Therapist, 2005 .. Zaifligi tufayli yosh bolalar bu xatti-harakatlardan sezilarli darajada taʼsirlanadilar. Ota-onalarning ehtiyojlarini qondirish uchun bolalar oʻz istaklari va his-tuygʻularini qurbon qilishlari mumkinJames I. Kepner, Body Process (1997) p. 73. Bunday ota-ona tarbiyasida voyaga etgan bola balogʻat yoshida oʻz yaqin munosabatlari bilan kurashga kirishishi mumkin.

Ekstremal holatlarda bunday tarbiya uslubi bolalar bilan munosabatlarning buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa norozilik tuygʻusi va baʼzi hollarda oʻz-oʻzini barbod qilish tendensiyalariga olib kelishi mumkin.

Ish joyidagi narsissizm