Benik Tunani Afobe (1993-yil 12-fevralda tugʻilgan) — professional futbolchi, EFL chempionatining „Millwall“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. U 2017-yildan 2018-yilgacha Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi sharafini olti marta himoya qilgan.
Afobe 2010-yilning fevral oyida "Arsenal" bilan shartnoma imzoladi va 2015-yilning yanvarida „Wolverhampton“ bilan shartnoma imzolashdan oldin „Huddersfeld Town“, „Reading“, „Bolton Wonnderers“, „Millwal“, „Sheffild Wendeders“ kabi turli klublarga ijaraga berildi. Bir yil oʻtib, u „Bournemouth“ bilan 10 million funt sterlingga shartnoma imzoladi. U 2019-yil yanvar oyida doimiy almashmasdan oldin „Stoke City“ga ijara asosida qoʻshildi.
Afobe 2010-yil may oyida 17-yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan Angliya terma jamoasining bir qismi edi.
Yoshlik Afobe Londonning Leyton shahrida tugʻilgan va Dagenhamda oʻsgan va u yerda Monteagle boshlangʻich maktabi va Jo Richardson jamoat maktabida oʻqigan. U olti yoshida „Arsenal“ akademiyasiga qoʻshildi. 2001-yil 1-mayda „Arsenal“ga oʻtgan. U 2007—2008-yilda U16 tarkibida 40 ta, 2008—2009-yilda 13 ta oʻyinda 11 ta, 2009—2010 yillarda esa Arsenal U18 tarkibida 24 ta oʻyinda 21 ta gol urgan. U „Arsenal“ning 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilari orasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/06/Benik_Afobe.jpg/150px-Benik_Afobe.jpg|thumb|225x225px| Afobe 2012-yilda Angliya U19 terma jamoasida oʻynagan
Xalqaro maydonlarda
Angliya yoshlar jamoasi tarkibida Afobe 2005-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 12 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi sardori boʻlgan. 2008-yilda Afobe Angliyaning 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibida boʻlib, uchta oʻyinda toʻrtta gol urgan. U, shuningdek, 2010-yilgi UEFA U17 Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchisi edi. The Guardian sport blogi uni „eng yaxshisi“ deb atagan. U 2010-yilning avgust oyida Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga qoʻshildi.
2011-yil iyun oyida Afobe Kolumbiyada boʻlib oʻtadigan FIFA U20 Jahon chempionati uchun Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirildi. Biroq, u „Arsenal“ tomonidan Germaniyadagi mavsumoldi lageriga qoʻshilish uchun jamoadan olib tashlandi. Avgust oyida Afobe Angliya U21 terma jamoasidan „Manchester United“dan Denni Uelbek oʻrniga chaqirilgan edi, biroq u jarohati tufayli safdan chiqdi.
2015-yilning 18-iyunida u 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2015-yilgi Yevropa chempionatida jarohat olgan Saido Berahino oʻrniga chaqirildi..
Kongo Demokratik Respublikasi Afobe, shuningdek, ota-onasi orqali Kongo DR vakili boʻlish huquqiga ega edi. U Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga, 2017-yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi doirasida 2016-yil mart oyida Angolaga qarshi oʻyinga chaqirilgan. 2016-yilning noyabrida Afobe hujjatlarni rasmiylashtirib boʻlmagani uchun Kongo Demokratik Respublikasida qatnasha olmaganini maʼlum qildi.
Afobe 2017-yil 5-iyun kuni Botsvana bilan oʻrtoqlik oʻyinida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan Kongo DR termasidagi debyutida gol urdi.
Shaxsiy hayot Afobe Kongolik boʻlib, xotini Lois ularning ikki qizi bor. Uning Amora ismli qizi bor edi, u 2019-yil noyabr oyida ikki yoshida vafot etdi. Amora kutilmaganda sepsis tufayli kasalxonada vafot etdi.
Uning yana bir qizi bor, uning Alba ismli katta singlisi vafot etganida endigina bir yoshda edi.
Faoliyat statistikasi
Klub +Chempionatlardagi natijalariKlubMavsumLeagueNational CupLeague CupBoshqaJamiChempionatOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarArsenal2010—2011Premier League00000000002011—2012Premier League00000000002012—2013Premier League00000000002013—2014Premier League00000000002014—2015Premier League0000000000Jami0000000000Huddersfield Town (ijaraga)2010—2011League One285310042358Reading (ijaraga)2011—2012Championship300000—30Bolton Wanderers (ijaraga)2012—2013Championship2022011—233Millwall (ijaraga)2012—2013Championship500000—50Sheffield Wednesday (ijaraga)2013—2014Championship1221000—132Milton Keynes Dons (ijaraga)2014—2015League One22103246113019Wolverhampton Wanderers2014—2015Championship21130000—21132015—2016Championship2590021—2710Jami46220021004823Bournemouth2015—2016Premier League1540000—1542016—2017Premier League3160020—3362017—2018Premier League1702031—221Jami63102051—7011Wolverhampton Wanderers (ijaraga)2017—2018Championship1660000—166Wolverhampton Wanderers2018—2019Premier League000000—00Stoke City2018—2019Championship4582021—4992019—2020Championship100000—102020—2021Championship000010—102021—2022Championship000000—00Jami4682031—519Bristol City (ijaraga)2019—2020Championship1230000—123Trabzonspor (ijaraga)2020—2021Süper Lig28500—10295Millwall (ijaraga)2021—2022Championship38121120—4113Millwall2022—2023Championship000000—00Jami38241120—4125Umumiy33998144181063370115
Xalqaro Milliy terma jamoa YilXalqaro oʻyinlarGollar Kongo DR 2017 2 1 2018 4 0 Jami 6 1 +Xalqaro gollar sanasi, oʻtkaziladigan joyi, taqvimi, raqibi, hisobi, natijasi va raqobati№ Sana JoyXalqaro oʻyin Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2017-yil 5-iyun FAR sport markazi, Rabat, Marokash 1Botsvana 1 — 0 2-0Oʻrtoqlik
Manbalar
Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari