Leonid Aleksandrovich Koshelev (; 1979-yil 20-dekabr) — sobiq oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Leonid professional faoliyatini Namanganning „Navbahor“ jamoasida boshlagan va Namanganda toʻrt mavsum oʻtkazib, uning tarkibi boʻyicha mamlakat kubogi va superkubogini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida 4,5 mavsum toʻp surgan, koʻp marotaba mamlakat chempionati va kubogida gʻolib chiqgan. 2005-yil yozida u Yaroslavl „Shinnik“ ga koʻchib oʻtgan va u yerda bir yarim mavsumni oʻtkazgan. Premyer-ligada 14 ta oʻyinda (1 ta gol), Rossiya kubogida 4 ta oʻyinda, 13 ta oʻyinda ishtirok etdi va 1 gol urgan. 2007-yilgi mavsumda yana „Paxtakor“ jamoasi safida oʻynagan. Mavsum davomida Hamdoʻstlik kubogi va yana chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. 2008-yil Paxtakor jamoasini tark etganidan soʻng Samarqandning „Dinamo“ va Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klublarida toʻp surgan boʻlsa, 2010—2011-yillarda Zarafshonning „Qizilqum“ klublarida oʻynagan. 2014-yil fevral oyida „NBU Osiyo“ milliy banki jamoasiga qoʻshildi va shu klubda faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro 1999-yilning 11-iyulida Samarqandda Malayziyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan. Koshelev milliy terma jamoa safida 43 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan.
Yutuqlari
Navbahor
Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1998-yil Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 1999-yil
Paxtakor
Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi: 2007-yil Oʻzbekiston chempioni: 2002, 2003, 2004, 2005, 2007 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2001, 2002, 2003, 2004
Faoliyat statistikasi
Milliy terma Milliy terma jamoada urilgan gollar. №SanaStadionRaqibHisobNatijaMusoboqa12001-yil 30-iyunKuala Lumpur, Malayziya2-1GʻalabaMerdeka kubogi22003-yil 17-noyabrBangkok, Tailand4-1Gʻalaba2004-yilgi Osiyo kubogi saralashi32003-yil 21-noyabrBangkok, Tailand1-4Magʻlubiyat2004-yilgi Osiyo kubogi saralashi42004-yil 31-martTaypey, Tayvan1-0Gʻalaba2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi52004-yil 17-noyabrToshkent, Oʻzbekiston6-1Gʻalaba2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi62006-yil 15-noyabrToshkent, Oʻzbekiston2-0Gʻalaba2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi
Manbalar
Havolalar
Transfermarkt (игрок) „Uzbekistan — Record International Players“. RSSSF.
Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar Turkum:Oʻzbekistondagi futbolchilar haqidagi maqolalar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:NBU-Osiyo klubi futbolchilari Turkum:FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2004 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar