Hector Bellerin Moruno (1995-yil 19-martda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, APLning "Arsenal” klubi va Ispaniya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi va hujumkor qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Bellerin oʻz faoliyatini "Barselona"da boshlagan va 2011-yilda "Arsenal"ga oʻtgan. 2016-yilning 21-noyabrida u klub bilan 2023-yilgacha uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Bellerin Ispaniya terma jamoasi safida U16 dan U21 yoshgacha boʻlgan yosh toifasida oʻynagan. U 2016-yilda Ispaniya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan va keyinchalik oʻsha yilgi Yevropa chempionati uchun ham tarkibga kiritilgan.
Yoshligi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/28/H%C3%A9ctor_Beller%C3%ADn.jpg/170px-H%C3%A9ctor_Beller%C3%ADn.jpg|thumb| Bellerin "Arsenal" safida (2015) Kataloniyaning Barselona shahrida tugʻilgan Bellerin futbolchilik faoliyatini "Barselona" yoshlar jamoasida boshlagan. U 2011-yilning yozida "Arsenal"ga oʻtdi va keyingi yili oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi. "Arsenal"ning yosh oʻyinchisi sifatida Bellerin klubga 2012-13 yilgi NextGen seriyasida toʻrtinchi oʻrinni egallashga yordam berdi.
Jamoalardagi faoliyati
Arsenal
Dastlabki yillar va "Watford"ga ijaraga berilishi Bellerin 2013-yil 25-sentyabrda Liga kubogining uchinchi turida “West Bromwich”ga qarshi oʻyinda 1:1 hisobidagi durangdan soʻng penaltilar seriyasida 95-daqiqada zaxiradan maydonga tushib debyutini amalga oshirdi.
Ikki oy oʻtgach, Bellerin Championship klubi "Watford"ga ikki oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi va oradan sakkiz kun oʻtib "Yeovil Town"ga qarshi oʻyinda debyut qildi. «Watford»dagi ijara muddati mavsum oxirigacha uzaytirildi, ammo 2014-yilning fevralida «Arsenal» uni qayta chaqirib oldi.
2014–15: Angliya kubogidagi ilk gʻalaba Mathieu Debuchy, Calum Chambers va Nacho Monrealning jarohatlari sabab Bellerin Chempionlar ligasidagi debyutini 2014-yilning 16-sentyabrida Dortmundning "Borussiya"siga 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchralgan uchrashuvda oʻtkazdi. U 2015-yilning 1-fevralida “Arsenal” uchun birinchi golini “Aston Villa”ga qarshi oʻyinda (5:0) urishga muvaffaq boʻldi va 4-aprel kuni “Liverpul” ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda garchi Raheem Sterlingga qarshi qoʻpol oʻynab penaltidan gol kiritilishiga sababchi boʻlgan esa-da, jamoaning ikkinchi golini kiritib, gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi.
2021–22: Real Betisga ijara 2021-yil 31-avgustda Bellerin oʻn yildan soʻng Ispaniyaga qaytib, "Real Betis"ga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi.
Xalqaro maydonda... U19 terma jamoasi bilan 2013-yilgi Yevropa chempionatining yarim finaliga qadar yetib borgan Bellerin 2015-yilning 30-martida Albert Celadesning U21 terma jamoasida debyut qildi va Leonda Belarus ustidan 4:0 hisobidagi zafar quchilgan oʻrtoqlik oʻyinida toʻliq 90 daqiqa harakat qildi.
2016-yilning 29-mayida, Yevropa chempionatida asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida qayd etilganidan soʻng, Bellerin St. Gallendagi AFG Arenada Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:1) maydonga tushib, milliy terma jamoa safida debyut qildi. Ikki kundan soʻng, Dani Karvaxal jarohat tufayli oʻyinni tark etganidan soʻng, u yakuniy tarkibga chaqirildi.
Karyera statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar kesimidagi oʻyinlardagi ishtirok va gollar jadvaliKlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDiviziyaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGoalsOʻyinGolArsenal2012–13Premier League00000000—002013–14Premier League00001000—102014–15Premier League202301040002822015–16Premier League361200060104412016–17Premier League331400050—4212017–18Premier League352003081104732018–19Premier League190000000—1902019–20Premier League151302030—2312020–21Premier League251101070103512021–22Premier League000000——002022–23Premier League00000000—00Jami183812080331302399Watford (ijara)2013–14Championship80————80Real Betis (ijara)2021–22La Liga23050—40—320Faoliyati boʻyicha jami214817080371302799
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlardagi ishtirok va gollarI jadvali Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol Ispaniya 2016 3 0 2020 1 0 Jami 4 0
Sovrinlar Arsenal
Angliya kubogi: 2014–15, 2016–17, 2019–20 FA Community Shield: 2015, 2017, 2020 EFL Cup kumush medalsohibi: 2017–18
Real Betis
Qirollik kubogi: 2021–22
Ispaniya U21
Yevropa chempionati U21 kumush medal sohibi: 2017
Individual
Yevropa chempionati U19 eng yaxshi jamoasi: 2013 Yilning eng yaxshi yosh kataloniyalik futbolchisi: 2015 PFA yil jamoasi: 2015–16 Premer-liga
Manbalar
Havolalar
Profil FC Barcelona saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Watford F.C. futbolchilari Turkum:Real Betis futbolchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi ispaniyalik muhojir sportchilar Turkum:Angliyadagi ispaniyalik muhojir sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar