Edith Xannam Margaret ( Margaret; 1878-yil 28-noyabr, Angliya, Buyuk Britaniya ― 1951-yil 16-yanvar, Angliya) ― britaniyalik tennischi edi. U 1912-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, ikki karra oltin medal soʻvindori.

Oilaviy hayoti Edith Margaret 1878-yil 28-noyabrda Glostershir shtatining Bristol shahrida tavallud topgan. U Jon va Julia Bausherning qizi edi, otasi farmasevt boʻlib ishlagan.

Edith 1909-yilda Long Ashtonda Frensis Jon Xannamga turmushga chiqgan. Kapitan unvoni bilan Gloucestershire polkiga qoʻmondonlik qilib, 1916-yil 5-iyulda Frensis Jon Fransiyadagi janglarda halok boʻldiCommomwealth War Graves Commission – F J Hannam.

Tennis martaba 1909-yilda Cincinnati Masters tennis turnirida Xannam yakkalik va aralash juftlik bahslarida gʻolib chiqdi va juftlik bahslarida finalchi boʻldi. U yakkalik chempionligi uchun finalda Marta Kinsini magʻlub etishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, Edith juftlik finalida Julia Friberg bilan juftlik hosil qildi va Linkoln Mitchell bilan birgalikda aralash juftlik bahslarida gʻolib chiqdihttps://artsandculture.google.com/entity/m07nv39?hl=ru.

Shuni etib otish kerakki, 1992-yilga kelib Olimpiadada Xannam daniyalik tennischi Sofi Kastensholdni ikki setda magʻlubiyatga uchratib, ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdihttps://artsandculture.google.com/entity/m07nv39?hl=ru va sherigi Charlz Dikson bilan birgalikda aralash juftlik musobaqasida qatnashdihttps://artsandculture.google.com/entity/m07nv39?hl=ru. 1914-yilda hamkori Ethel Larkomb bilan Uimbldonda ayollar juftlik bahslarida finalga chiqdi, ammo toʻgʻridan-toʻgʻri Elizabet Rayan va Agnes Mortonga yutqazdi.

Edith Margaret 1951-yil 16-yanvarda Angliya shahrida vafot etgan.

Manbalar

Havolalar

Databaseolympics.com saytidagi profil</br> Turkum:Britaniyalik tennischilar Turkum:1951-yilda vafot etganlar Turkum:1878-yilda tugʻilganlar Turkum:16-yanvarda vafot etganlar Turkum:28-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Pages with unreviewed translations