Qayrat Oʻtaboev (; 16-iyul 1980-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – qozoq millatiga mnasub, oʻzbekistonlik va qozogʻistonlik sobiq futbolchisi, himoyachi ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

Klub

Qayrat Oʻzbekiston SSR poytaxtida, qozoq millatiga mansub oilada tugʻilgan. 2000-yili „Paxtakor“ safida Oʻzbekiston chempionatida debyut qilgan. 2002-yilda Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Hatto oʻsha yili Oʻzbekiston terma jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan. Bu faqat oʻrtoqlik oʻyini edi, shuning uchun 2005-yilda FIFA „Qayrat“ safida toʻp surgan vaqtida, Qozogʻiston terma jamoasida oʻynashga ruxsat bergan. 2003-yilda u Olmaotaning „Qayrat“ lageriga koʻchib oʻtgan va oradan bir yil oʻtib Qozogʻiston chempioni boʻlgan. Qayrat klubda 3 yilini oʻtkazgan. Oʻtaboev keyingi mavsumni Olmaota klubi libosida boshlagan. 2009-yilda Oʻzbekistonning „Andijon“ klubiga oʻtgan. Oʻzbekiston Superligasi bir mavsum davomida faoliyat olib borganidan soʻng, qolgan faoliyatini Qozogʻiston jamoalarida oʻtkazgan.

2011-yil mart oyida Oʻtaboev 2011-yilgi mavsum uchun „Shaxtyor“ tarkibiga kiritilganhttp://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1114418640 Oʻsha mavsumda Qayrat Qozogʻistonning ikki karra chempioniga aylangan. Chempionat yakunlanganidan keyin „Shaxtyor“ rahbariyati Qayrat Oʻtaboev bilan shartnomani uzaytirmadi va erkin agent sifatida „Irtish Pavlodar“ bilan shartnoma imzolaganAnton Chichulin i Kayrat Utabaev podpisali kontrakti s „Irtishom“.

2012-yil oxirida u boʻlajak sunʼiy buyrak transplantatsiyasi tufayli professional faoliyatini yakunlagan.

Terma jamoada U Qozogʻiston terma jamoasi safidagi ilk oʻyinini 2005-yilning 26-martida Daniyaga qarshi oʻtkazgan. Bu 2006-yilgi jahon chempionatiga saralash turniri edi.

2008-yilda Bernd Stork Qozogʻiston terma jamoasini qoʻliga olgach, Qayrat boshqa terma jamoaga taklif etilmagan. Oʻtabayev Qozogʻiston milliy terma jamoasi safida 10 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston chempioni: 2002 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2001, 2002 Qozogʻiston chempioni: 2004, 2011 Qozogʻiston kubogi gʻolibi: 2003

Manbalar

Havolalar

Qayrat Oʻtabayev National-Football-Teams.com saytida Qayrat Oʻtaboev Transfermarkt saytida Qayrat Oʻtaboev Soccerway saytida Qayrat Oʻtaboev

Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:FC Megasport futbolchilari Turkum:FC Irtish Pavlodar klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻiston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari