„Boʻldi xato“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2003-yil eʼlon qilingan. „Boʻldi xato“ guruh repertuaridagi sanoqli rok janridagi qoʻshiqlarning biridir. Qoʻshiqning soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan. Tarona lya major tonalligida bastalangan boʻlib, guruh gitarachisi Timur Gaynutdinov chalgan solo hamda Sodiqovning kuchli vokali bilan tinglovchilar eʼtiborini qozongan.
2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Boʻldi xato“ qoʻshigʻini guruhning 2002-yilga qadar eʼlon qilingan yetti qoʻshigʻidan iborat „12-albom“ nomli albomiga uchinchi trek oʻlaroq kiritgan, ammo bu taronalar 2002-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.
Shuningdek, „Boʻldi xato“ qoʻshigʻi „Bolalar“ guruhining 2007-yil „iTunes“da eʼlon qilingan „The Very Best of the Fontana Years“ () terma albomiga 17-trek oʻlaroq kiritilgan. Bu albom markaziy osiyolik xonanda yoki guruhning „iTunes“da eʼlon qilingan ilk albomidir. Ammo albom mualliflik huquqlari bilan bogʻliq kelishmovchiliklar tufayli 2012-yildan keyin platformadan olib tashlangan.
Manbalar
Havolalar
„Boʻldi xato“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi Songsterr saytida „Boʻldi xato“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi UltimateGuitar saytida
Turkum:Bolalar guruhi qoʻshiqlari Turkum:2003-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar