Robin Everardus Gosens (1994-yil 5-iyulda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, A Seriyaning „Inter“ klubi va Germaniya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Vitesse Emmerich am Reyn shahrida tugʻilgan Gosens Fortuna Elteni mahalliy klublarida faoliyatini boshlagan. 2012-yil 4-iyulda Vitessening yoshlar tarkibiga qoʻshilgan. 2013-yilning 13-avgustida u klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolaydi. Bungacha u Bundesliga giganti „Borussia Dortmund“ bilan sinov mashgʻulotlarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.
FC Dordrecht (ijara) 2014-yilning 14-yanvarida Gosens mavsum oxirigacha Dordrext klubiga ijaraga berildi. U professional debyutini uch kundan soʻng SBV Excelsiorga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Gosens 7-fevral kuni oʻzining birinchi professional golini urdi.
2014-yilning 29-mayida Gosensning ijara muddati yana bir yilga uzaytirildi va u Erediviziyadagi debyutini 9-avgustda SC Heerenveenga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. U musobaqadagi ilk golini 20-sentabr kuni „Excelsior“ga qarshi safardagi oʻyinda kiritdi.
Heracles Almelo 2015-yil 4-iyun kuni Gosens Heracles Almeloga oʻtgani eʼlon qilindiHeracles heeft de smaak te pakken en legt transfervrije Vitessenaar vast (Dutch). .
Atalanta 2017-yilning 2-iyunida Gosens Italiyaning „Atalanta“ jamoasiga oʻtgani eʼlon qilindi. 2019-yil 18-sentabrda Gosens Chempionlar ligasidagi debyutini Zagrebning „Dinamo“ siga qarshi oʻtkazdi. 2019-yilning 11-dekabrida u Chempionlar ligasidagi ilk golini safarda Donetskning "Shaxtyor "iga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi. 2020-yil 25-noyabrda u Chempionlar ligasidagi ikkinchi golini Enfildda „Liverpool“ qarshi oʻyinda kiritdi.
Gosens oʻzini A Seriyaning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida koʻrsatdi va hujumda ham, himoyada ham oʻzini namoyon qila oldi. 2019-2020 va 2020-2021 mavsumlarida u mos ravishda 10 ta va 12 ta gol urib, „Atalanta“ning mavsumdagi eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻldi.
Inter Milan 2022-yilning 27-yanvarida Milanning „Inter“ klubi Gosensni mavsum oxirigacha ijaraga olganini, agar maʼlum shartlar bajarilsa, sotib olish majburiyatini olganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati 2020-yil 25-avgust kuni Gosens Germaniya milliy futbol jamoasi vakili sifatida birinchi chaqiruvini oldi. U 3-sentabr kuni Ispaniyaga qarshi UEFA Millatlar Ligasi 2020-2021 oʻyinida debyut qildi.
2021-yil 19-mayda u UEFA Yevro-2020 terma jamoasiga kiritildi. 2021-yil 19-iyunda u Yevro-2020 guruh bosqichida Portugaliya ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Shaxsiy hayoti Gosensning otasi Gollandiyalik, onasi esa Germaniyalik. Shuning uchun ham Gosensda Germaniya va Gollandiya pasportlari mavjud.
Faoliyatining statistikasi
Klub KlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarDordrecht (ijara)2013-14Eerste Divisie16100-402012014-15Eredivisie31220--332Jami47320-40533Heracles Almelo2015-16Eredivisie32231-303832016-172822020-322Jami604512030705Atalanta2017-18Serie A2112031-2622018-192833050-3632019-203491081-43102020-2132115071-44122021-22610021-82Jami12125110254-15729Inter Milan (ijara)2021-22Serie A702100-91Inter Milan2022-233000000030Jami100210000121Faoliyatidagi jami238322022747029238
Xalqaro Germaniya Yil Oʻyinlar Gollar 2020 4 0 2021 9 2 Jami 13 2
.
+ Yoʻq. Sana Joy Qopqoq Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 7-iyun Merkur Spiel-Arena, Dyusseldorf, Germaniya 7 1 — 0 7-1 Oʻrtoqlik uchrashuv 2 2021-yil 19-iyun Allianz Arena, Myunxen, Germaniya 9 4 — 1 4-2 UEFA Yevro 2020
Yutuqlari Inter Milan
Italiya kubogi : 2021-2022
Individual
A Seriyaning eng yaxshi jamoasi : 2019-2020
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:SBV Vitesse futbolchilari Turkum:FC Dordrecht futbolchilari Turkum:Heracles Almelo futbolchilari Turkum:Atalanta BC futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:1. FC Union Berlin futbolchilari Turkum:ACF Fiorentina futbolchilari