Mirahmetjan Muzepper (1991-yil 14-yanvarda Qashgʻarda tugʻilgan), Metjan nomi bilan ham tanilgan, xitoylik professional futbolchi boʻlib, hozirda Xitoy Superligasining "Shanhai Port" klubida oʻynaydi. U 2018-yili Xitoy milliy futbol jamoasida oʻynagan ilk uygʻur futbolchisi boʻlgan.
Klubdagi faoliyati Mirahmetjan Muzepper futbolchilar oilasida oʻsgan va oʻz faoliyatini Shinjon viloyati jamoasida oʻynagan. 2010-yilning 18-aprelida Henan Construction jamoasi tarkibida „Jiangsu Sainty“ jamoasiga qarshi liga oʻyinida kattalar safida debyut qilgan.
oʻzining oʻtkazgan sermahsul mavsumdan soʻng Mirahmetjan 2011-yil Xitoy Superligasi boshida Shandong jamosiga qaytgan va 1-aprel kuni „Chengdu Blades“ jamosiga qarshi liga oʻyinida klub uchun birinchi marta maydonga tushgan.
2014-yilning 5-yanvarida Mirahmetjan Xitoy Superligasi vakili Henan Jianye tarkibiga erkin agent sifatida oʻtgan. 2016-yil 31-dekabr kuni Henan Jianye Muzepper shartnomasini uzaytirish boʻyicha muzokaralardagi kelishmovchilikdan soʻng klubni tark etganini rasman tasdiqlagan.
2017-yil 9-yanvarda Mirahmetjan Superliga vakili „Tianjin TEDA“ jamoasiga oʻtgan 泰达火爆官宣签约11人 3名教练8名球员 at sports.sohu.com 2017-01-09 Retrieved 2017-01-10.
2020-yil yanvar oyida Mirahmetjan Superliga vakili „Shanhai SIPG“ klubiga oʻtgan.
Xalqaro faoliyati Mirahmetjan 2009-yilda Xitoy U-20 terma jamoasiga chaqirilgan. 2010-yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan. Xitoyning muvaffaqiyatli saralashidan soʻng u kattalar jamoasiga chaqirilgan. 2018-yil 7-sentyabrda Xitoy terma jamoasi safida Qatarga qarshi oʻyinda 74-daqiqada Gao Lin oʻrniga maydonga tushgan, bu esa uni Xitoy terma jamoasida maydonga tushgan ilk uygʻur futbolchisiga aylantirgan.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHenan Jianye (Ijara)2010Xitoy Super Ligasi210 -00 -210Shandong Luneng2011401031 -8120128020 - -10020133010 - -40Jami150403100221Henan Jianye2014Xitoy Super Ligasi16010 - -170201513110 - -141201612022 - -142Jami411420000453Tianjin TEDA2017Xitoy Super Ligasi26010 - -270201827110 - -281201924110 - -251Jami772300000802Shanghai SIPG2020Xitoy Super Ligasi1601080 -250Karyerada jami1703122111001936
Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2018 5 0 2019 2 0 Jami 7 0
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar