Ahmad Shafiq Midxat Posho (1822-yil 18-oktabr — 1883-yil 26-aprel) — Usmonlilar imperiyasini demokratlashtirish tarafdorlaridan biri, imperiya bosh vaziri va Tanzimat davrining yetakchi davlat arboblaridan biri. U 1876-yilgi Usmonli konstitutsiyaviy harakatiga rahbarlik qilish va Birinchi parlament davrini joriy etish bilan tarixda nom qoldirgan. Bu islohotlarni Usmonli davlatining barcha viloyatlarida yoyishga intilgan. Midxat Posho Usmonlilar imperiyasi iqtisodiy inqirozga uchraganini tan olib, islohotlar oʻtkazishni juda zarur deb bilgan. Midxat Posho siyosiy qarashlari liberalizmga moyil boʻlgan.
Tarixchi Karolin Finkel unga „Tanzimat davrining haqiqiy vakili, Usmonlidagi ayirmachilik harakatlariga yagona hukumat boshqaruviing afzalligini isbotlagan shaxs“ deb taʼrif bergan.
Yoshligi Midxat posho hijriy 1238-yil safar oyida Istanbulda (1822-yil 18-oktyabr) musulmon ulamolaridan birining oilasida dunyoga keldi. U dastlab otasi qoʻlida, soʻngra madrasada tahsil olgan. Uning otasi Hoji Hofiz Muhammad Ashraf afandi edi. Oila bektoshiylar urugʻiga mansub boʻlgan.
Uning yoshligi Vidin, Lovech va Istanbulda oʻtgan. 1836-yilda Bosh vazirning kotibiyatida ishlagan, 1854-yilda vazir Qibrisli Mehmed Emin Posho unga Adrianopol viloyatini tinchlantirish vazifasini topshirgan va 1854-1856-yillarda Bolqonda talonchiliklarga barham bergan. 1858-yilda oʻqish uchun Gʻarbiy Yevropaga, jumladan Vena, Parij, Bryussel va Londonga olti oy davomida sayohat qilgan.
Nis, Dunay va Bagʻdodga hokimlik davri link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/11/MithatPa%C5%9Fa.jpg/185px-MithatPa%C5%9Fa.jpg|left|thumb|233x233px| Midxat Posho 1861-yilda u Nis gubernatori etib tayinlangan<ref>, Bolqonda viloyat tizimini joriy etishda muhim rol oʻynagan<ref>. U 1864-1868-yillarda Dunay viloyati hokimi boʻlgan. Uning hokimlik davrida son-sanoqsiz maktab va taʼlim muassasalari qurilgan, kasalxonalar, don omborlari, yo‘llar va ko‘priklar tiklangan. Ammo u Bosh vazir Ali Posho bilan ziddiyatga borgani sababli 1869-yilda Bagʻdod hokimi etib tayinlandi, chunki bunday uzoq masofaviy lavozimga tayinlanish imperiyada jazo sifatida koʻzlangan.
1869-yilda Bagʻdodga kelganidan soʻng u bir qator davlat maktablarini ochdi. Ilgari shaharda davlat taʼlim muassasalari boʻlmagan. Shuningdek, Oltinchi armiyani (Usmonlining yevropacha usulda tarbiyalangan va eng ilgʻor qurollar bilan taʼminlangan qoʻshini) isloh qilishga urgʻu berdi va shu maqsadda harbiy maktablar ochdi. 1900-yilga kelib, fuqarolik oʻrta maktabida atigi 96 oʻquvchi oʻqidi, oʻsha yili harbiy tayyorgarlik maktabida 256 nafar va oʻrta harbiy maktabda 846 oʻquvchi oʻqidi. Bu narsa albatta oʻsha davrdagi siyosiy notinchliklar uchun armiyaning zarurligi bilan izohlanadi.
Buyuk vazir lavozimiga tayinlanishi
U 1872-yilda turk sultoni Abdulaziz tomonidan Buyuk vazir etib tayinlangan, biroq uning bu lavozimi moliyaviy masalalarda sulton Abdulaziz bilan ziddiyati sababli toʻxtab qolgan. 1873-1875-yillarda Adliya vaziri boʻlib ishlagan, ammo konstitutsiyaviy tuzumga moyilligi tufayli uning bu idoralardagi faoliyati qisqa muddat davom etgan.
1875-1876-yillardagi iqtisodiy va siyosiy inqiroz unga yangi konstitutsiya ishlab chiqish gʻoyasini ilgaris surishga imkon berdiSelçuk Akşin Somel (2010). The A to Z of the Ottoman Empire. Rowman & Littlefield. p. 188. ISBN 978-0-8108-7579-1. Retrieved 9 June 2013..
1876-yil 15-iyunda Cherkes Hasan ismli Usmonli armiyasi zobiti Midxat Posho saroyidagi yigʻilishga hujum qildi. Harbiy vazir Husayn Avniy Posho, tashqi ishlar vaziri Rashid Posho va Midxatning xizmatkorlaridan biri Ahmad og‘a otib o‘ldirildi. Hammasi boʻlib 5 kishi halok boʻldi va 10 kishi yaralandi. Cherkes Hasan oʻlimga hukm qilindi.
Midxat posho 1876-yil 19-dekabrda Mehmed Rushdiy Posho o‘rniga yana buyuk vazir etib tayinlandiZvi Yehuda Hershlag (1980). Introduction to the Modern Economic History of the Middle East. Brill Archive. pp. 36-37. ISBN 978-90-04-06061-6. Retrieved 9 June 2013.. Bu lavozimga tayinlangach, u islohot yoʻlidan davom etishga vaʼda berdi. 1876-yil 23-dekabrda konstitutsiya va vakillik parlamenti tashkil etilishini eʼlon qildi. Konstitutsiya irqi, millati va eʼtiqodidan qatʼi nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlilikni, bekor qilishni, fuqarolik qonunlariga asoslangan mustaqil sud tizimini, umumiy boshlangʻich taʼlimni va ikki palatali parlamentni joriy etdi. Parlament 2 palatali boʻlib, Senat aʼzolarini sulton tayinlashi, Deputatalar palatasi ea xalq tomonidan saylanishi belgilandi.
Konstitutsiya musulmon boʻlmaganlar uchun ham teng huquqlar berishi maʼlum boʻlgach, xalq tomonidan qoʻllab-quvvatlana boshladi. Midxat Posho sulton Abdulhamid II ga konstitutsiyani tasdiqlatishga muvaffaq boʻldi, ammo sulton 113-moddani kiritdi, bu unga har qanday odamni sudsiz yoki boshqa qonuniy choralarsiz imperiyadan surgun qilish huquqini berdi.
Abdulhamid II konstitutsiyaviy tuzumga hech qanday qiziqish bildirmadi, 1877-yil 5-fevralda Midxat Poshoni surgun qildiZvi Yehuda Hershlag (1980). Introduction to the Modern Economic History of the Middle East. Brill Archive. pp. 36-37. ISBN 978-90-04-06061-6. Retrieved 9 June 2013.. Sulton yaxtasida Brindisiga joʻnatilgan Midxat Posho, u yerdan u Fransiya, Ispaniya, Avstriya-Vengriya va Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi, bu yerlarda 1877-1878-yilgi rus-turk urushida Usmonli manfaatlarini ifoda etuvchi risolalar yozdi. Midxat Poshoning Yevropadagi mashhurligi, Buyuk Britaniya bosimi ostida Abdulhamid II unga surgundan qaytishga ruxsat berdi. Midxat Posho 1878-yilning 26-sentyabrida Krit oroliga yetib keldi.
Urush tugagach, sulton Abdulhamid II parlamentni tarqatib yubordi va yakka monarx boshqaruviga qaytdiSelçuk Akşin Somel (2010). The A to Z of the Ottoman Empire. Rowman & Littlefield. p. 188. ISBN 978-0-8108-7579-1. Retrieved 9 June 2013..
Suriyaga hokimlik davri link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7c/Mithat_Pa%C5%9Fa_An%C4%B1t%C4%B1.JPG/185px-Mithat_Pa%C5%9Fa_An%C4%B1t%C4%B1.JPG|right|thumb|308x308px| Anqaradagi Midxat Posho haykali Inglizlar aralashuvi tufayli Midxat Posho yana hokimlikka koʻtarildiGábor Ágoston; Bruce Alan Masters (2009). Encyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing. pp. 378-379. ISBN 978-1-4381-1025-7. Retrieved 9 June 2013., 1878-yil 22-noyabrda Suriya hokimi boʻldi, bu lavozimda 1881-yilning 31-avgustigacha ishladi. U o‘z faoliyati davomida viloyatni isloh qilishga intildi. Bayrut va Damashq shaharlarida islohotni qoʻllab-quvvatlovchi musulmonlar koʻmagida xayriya tashkilotlari va jamgʻarmalari tuzdi<ref name="NNp117">.
U Suriyadagi koʻplab arablarni davlat xizmatiga, jumladan, qoimaqom va mutasarriflik lavozimlariga qabul qildi. U matbuotning rivojlanishiga turtki berdi, gazetalar soni o‘n ikkidan oshdi. Yoʻllar qurilishi, xavfsizlikni taʼminlashga ham eʼtibor berildi. U mahalliy boylarni Tripolidagi tramvay tizimi va Bayrut savdo-sanoat palatasini tashkil etish kabi mahalliy loyihalarni moliyalashtirishga jalb qildi. Ammo Istanbuldagi sulton hukumati unga yetarlicha yordam bermayotganini his qilib, lavozimini tark etdiGábor Ágoston; Bruce Alan Masters (2009). Encyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing. pp. 378-379. ISBN 978-1-4381-1025-7. Retrieved 9 June 2013..
Vafoti Midxat Posho qisqa muddat Izmirda Oydin viloyati hokimi sifatida xizmat qildi, lekin 1881-yil 17-mayda bu lavozimda bor-yoʻgʻi bir necha oy ishlagandan soʻng hibsga olindi. Adliya vaziri Ahmad Javdat Posho uni Istanbulga olib keldi, unga sulton Abdulazizni oʻldirish aybi qoʻyildi. Soʻroq va sud jarayoni Yulduz saroyida boʻlib oʻtdi. Sud uni Hijoz viloyatining Toif shahriga umrbod qamoq jazosiga hukm etdi.
Ayrim tarixchilar bu soxta ayblovlar deb daʼvo qiladilar, chunki ular soxta dalillar va sotib olingan guvohlardan foydalanish orqali Midxat Poshoning oʻlimga hukm qilinishiga olib kelgan deb hisoblashadi<ref>. Biroq sulton hukumati Buyuk Britaniya bosimi uning qatl qilinishiga toʻsqinlik qilganiniGábor Ágoston; Bruce Alan Masters (2009). Encyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing. pp. 378-379. ISBN 978-1-4381-1025-7. Retrieved 9 June 2013. daʼvo qilishadi, shuning uchun u Hijozdagi Toif qal’asiga qamaladi. Ammo Hijozdagi turk noibi Usmon Posho buyrugʻi bilan1883-yil 26-aprelda Toifdagi qamoqxonada oʻldirilgan.
Manbalar
Havolalar
Midhat poshoning vafoti, Turkiyadagi buyuk islohotchining faoliyati Nyu-York Tayms (1884-yil 12 may) Midhat poshoning hayoti (biografiyasi 1903) Internet arxividagi sahifa rasmlari Gutenberg loyihasida transkripsiya qilingan matn
Turkum:1883-yilda vafot etganlar Turkum:1822-yilda tugʻilganlar Turkum:Usmonli davlati Turkum:Usmonlilar imperiyasi Buyuk vazirlari