Iroq milliy futbol terma jamoasi (arab. منتخب العراق لكرة القدم) — Iroq sharafini xalqaro futbolda himoya qiladi va Iroq futboli boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Iroq futbol uyushmasi (IFA) tomonidan nazorat qilinadi. Iroqning uy stadioni bu Basra xalqaro stadionidir.
Iroq 1986-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan, Belgiya darvozasiga gol urgan. Terma jamoa 2007-yilda ogʻir sharoitlar va cheklangan tayyorgarlikka qaramay, OFKning Osiyo Kubogida gʻalaba qozongan sakkizta OFK davlatlaridan biri hisoblanadi. Iroq musobaqaning favoritlarini, jumladan Avstraliya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistonini magʻlub etdi. Bu ularga 2009-yilgi FIFA Konfederatsiyalar Kubogida qatnashish huquqini berdi, jamoa ushbu turnirning guruh bosqichida ikki ochko jamgʻardi. 2015-yilgi Osiyo Kubogida toʻrtinchi oʻrinni egalladilar.
Iroq jamoasi oʻzining futbol muxlislari bilan mashhur. Jamoa 2004-yilning oktyabr oyida FIFA Jahon reytingida 39-oʻrinni egallagan holda o'z tarixdagi eng yuqori pogʻonaga koʻtarildi.
Tarix
Dastlabki davr 1923-yildayoq Bagʻdod XI nomi bilan tanilgan, Bagʻdod futbol assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladigan Iroq jamoasi Britaniya armiyasi jamoalariga qarshi oʻyin oʻtkaza boshladi. Tez orada Bagʻdod FA tarqab ketdi va 1948-yil 8-oktyabrda Iroq futbol assotsiatsiyasiga asos solindi. Iroq FA FIFAga 1950-yilda qoʻshilgan va 1951-yil 2-mayda Iroq oʻzining birinchi oʻyinini oʻtkazdi.
Iroqning ilk rasmiy xalqaro oʻyini 1957-yilda Bayrutda boʻlib oʻtgan Pan Arab oʻyinlarining ochilish oʻyinida boʻlib oʻtdi, unda Iroq Ammo Baba, Youra Eshaya (ikkalasi ham Iroqdagi ossuriyalik ozchilikdan) va Fakhri Mohammad Salmonning gollari evaziga Marokash bilan 3:3 hisobida durang oʻynadi.
Jamoa imji
To'plam Homiy Davr Manba Umbro1984–1986 Adidas1986–1994 Puma1996 Patrick sportswear company2000 Jako2003–2004 Jack & Jones2004–2006 Diadora2006 Lotto2006 Adidas2007 Umbro2007 Peak Sport Products2008–2014 Adidas2014 Jako2014–2019 Givova2019–2020 Umbro2020–2022
Jamoa logotipi
Murabbiylar shtabi Lavozim Ism-sharif Bosh murabbiy Radhi Shenaishil (interim) Yordamchi murabbiy Nazar Ashraf Darvozabonlar murabbiyi Saleh Hameed Fitnes murabbiyi Bo'sh Jamoa menejeri Mahdi Karim Texnik maslahatchi Abdul-Amir Naji
Manbalar
Havolalar Official website Official Iraq national football team
Turkum:Iroq Turkum:Milliy futbol terma jamoalari Turkum:Osiyo milliy futbol terma jamoalari