Choʻlponoy Qudratullayeva (1921-yil, Sayram qishlogʻi, Toʻraqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965), KPSS aʼzosi (1946).

Tarjimayi holi Choʻlponoy Qudratullayeva 1921-yili Toʻraqoʻrgʻon tumanining Sayram qishlogʻida tavallud topgan. Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi „Moskva“ (sobiq Frunze nomidagi) kolxozida kolxozchi (1935—1940), rais oʻrinbosari (1941), brigada boshligʻi (1942—1974), 1974-yildan klub mudiri boʻlib ishlagan. Qudratullayeva boshliq brigadada paxtadan yuqori hosil yetishtirilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston paxtakorlari