Emma Sofiya Berglund (1988-yil 19-dekabrda tugʻilgan) — shved futbolchisi. Hozir u Damalsvenskandagi "Rosengård " va Shvetsiya terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Berglund 2006-yilda Umeå IK jamoasiga kelib qoʻshilgan va keyinchalik jamoa sardori boʻlgan. U 2014-yilgi mavsumdan soʻng Umea klubini tark etib, 2014-yilning dekabrida Damallsvenskan chempioni FC Rosengård bilan shartnoma imzoladi. U 2016-yilgi mavsumdan boshlab ularning sardori sifatida oʻynagan. 2017-yil iyul oyida Berglund 1-divizion ayollar jamoasi Parij Sen-Jermen bilan ikki yillik shartnoma imzolagani eʻlon qilindi.

Xalqaro faoliyati Berglund 2011-yil 20-noyabrda AQSH bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda Shvetsiya terma jamoasi safida debyut qilgan.

2012-yil iyun oyida Berglund 2012-yilgi London Olimpiadasi uchun Shvetsiya terma jamoasining 18 oʻyinchisidan iborat tarkibga kiritildi va u yerda Shvetsiyaning toʻrtta oʻyinida qatnashdi. U 2013-yil aprel oyida tizzasidagi jarohati tufayli 2013-yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazib yubordi.

Xalqaro gollar Gollar Sana Manzil Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2016-06-06 Gothenburg, ShvetsiyaMoldova 6–06–0 Yevro-2017 saralashi

Yutuqlari

Klub ; Umeå IK

Damalsvenskan : 2006, 2007, 2008 Svenska Kupen : 2007-yil Svenska Superkubogi : 2007, 2008-yil; FK Rosengård Damallsvenskan : 2015-yil Svenska Cupen : 2016-yil Svenska Superkubogi : 2015, 2016; Kopparbergs/Göteborg FK Damallsvenskan : 2020

Xalqaro Shvetsiya

Yozgi Olimpiya oʻyinlari : Kumush medal, 2016-yil FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati : Bronza medali, 2019-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik ayol futbolchilar