Quavious Keyate Marshall (; 1991-yil 2-aprelda tugʻilgan), professional sifatida Quavo nomi bilan tanilgan, amerikalik reper, qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va prodyuser. U Migos xip-xop triosining asoschisi va hozirgi solisti sifatida tanilgan. Quavo shuningdek, FCF Glacier Boyz kompaniyasining qisman egasidir.

Migosdan tashqari, Quavo Billboard Hot 100 roʻyxatining eng yaxshi 10 taligiga kirgan toʻrtta singlda, jumladan DJ Khaledning „I’m the One“ va „No Brainer“ qoʻshigʻida duet ijro qilgan. 2018-yilda u oʻzining ilk yakkaxon albomi „Quavo Huncho“ni chiqardi, u Billboard 200da 2-oʻrinni egalladi.

Yoshlik Quavious Keyate Marshall 1991-yil 2-aprelda Jorjiya shtatining Afina shahrida tugʻilgan. Migosning uchta aʼzosi yoshlikdan birga oʻsgan.

Quavo „Berkmar High School“ oʻrta maktabida oʻqigan. U maktab futbol jamoasining himoyachisi boʻlgan.

Karyera

Migos guruhi 2008-yilda Quavo va boshqa reperlar Takeoff va Offset tomonidan tashkil etilgan. Uch aʼzo bevosita qarindosh boʻlib, ular Quavoning onasi tomonidan birga tarbiyalangan. Quavo Takeoffning amakisi, Offset esa Quavoning amakivachchasi. Guruh dastlab Polo Club nomi bilan tanilgan. Oxir-oqibat, guruh Polo Club juda ommaviy umumiy atama deb, oʻz nomini „Migos“ ga oʻzgartirishga qaror qildi. Guruh 2011-yil 25-avgustda oʻzining birinchi mixteypni chiqardi.

Shaxsiy hayot

2015-yilning 18-aprelida rasmiylar Jorjiya janubiy universitetida o‘tkaziladigan Migos konsertini to‘xtatib, guruhning barcha uch aʼzosini hibsga oldi. Quavo giyohvand moddalarni saqlash, marixuana saqlash, maktab xavfsizligi zonasida oʻqotar qurol saqlashkabi jinoyatlarda ayblangan. U garov evaziga qamoqdan ozod qilindi.

Diskografiya

Studio albomlar Quavo Huncho (2018)

Birgalikda albomlar Huncho Jack, Jack Huncho (2017)

Filmografiya + Televizion seriallar Yil Nom Roʻl Eslatma 2016 Atlanta Himself Episode: „Go for Broke“ 2018 Star Episode: „Dreamers“2019BlackishEpisode: „Relatively Grown Man“BallersEpisode: „Players Only“2020Justin Bieber: SeasonsEpisode: „The Finale“Narcos: MexicoEpisode: „Alea lacta Est“

Mukofot va Nominatsiyalar

Yil Mukofotlar Kategoriya Nominatsiyaga qoʻyilgan Natija 2017 Teen Choice Awards Choice Electronic/Dance Song „Know No Better“ (& Major Lazer, Travis Scott and Camila Cabello) Choice R&B/Hip-Hop Song"I’m the One" (& DJ Khaled, Justin Bieber, Chance the Rapper and Lil Wayne) MTV Video Music Awards Best Hip Hop Video American Music Awards Collaboration of the Year Favorite Song — Rap/Hip-Hop 2018 Nickelodeon Kids' Choice Awards Favorite Song Billboard Music Awards Top Streaming Song"Congratulations" (& Post Malone) Top Rap Song"I’m the One" (& DJ Khaled, Justin Bieber, Chance the Rapper va Lil Wayne)2020 MTV Video Music Awards Best Pop Video"Intentions" (& Justin Bieber)

Manbalar

Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Afroamerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik erkak reperlar Turkum:Afroamerikalik erkak reperlar Turkum:Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar