Sargis Martirosyan (, , tugʻ. 1986-yil 14-sentyabr, Yerevan, Armaniston SSR, SSSR) — 105 kg gacha vazn toifasida chiqish qiladigan armanistonlik avstriyalik ogʻir atletikachi. Buxarestda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori. 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, besh karra Avstriya chempioni. Biografiya Sargis Martirosyan 1986-yil 14-sentyabrda Yerevanda tugʻilgan. U 11 yoshidan oʻsha paytda yashagan Samahar (hozirgi Gegakert) qishlogʻidagi sport maktabida ogʻir atletika bilan shugʻullana boshlagan. Armaniston davlat jismoniy tarbiya institutida magistrlik darajasini olgan. Rus, nemis va arman tillarini biladi.

2005-yilda yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida gʻolib chiqdi. Oʻsha yili u Avstriyaga yashashga koʻchib oʻtdi, chunki u Armanistonning ogʻir atletika boʻyicha yoshlar terma jamoasiga kirish imkoniyatiga ega emas edi. 2014-yilda u Avstriya fuqaroligini oldi va Avstriya terma jamoasida oʻynay boshladi.

Badenda yashaydi, SK Voest Linsda mashq qiladi. U Avstriya Qurolli Kuchlarining Armiya sport markazida xizmat qiladi, kapral unvoniga ega. U Germaniya Bundesligasida Germaniyaning Obrigheim klubida oʻynaydi. Uning sport kumiri amerikalik bokschi Muhammad Ali va sovet ogʻir atletikachisi Vasiliy Alekseevdir.

2015-yilda Sargis Martirosyan Vena shahrida bo‘lib o‘tgan Avstriya chempionatida ishtirok etib, birinchi o‘rinni egalladi. 2016-2018-yillarda Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Forde va Buxarestda bronza, Splitda esa kumush medalni qo‘lga kirigan. 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan, besh karra Avstriya chempioni bo‘lgan. 2015-yilda Xyustonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida va 2021-yilda Ochiq chempionatda oʻyinni tugata olmadi.

Sport natijalari Sana Musobaqa Joy Vazn toifasi Oʻrin2014Jahon chempionatiOlmaota105 kg gacha122015Yevropa chempionatiTbilisi105 kg gacha82015Avstriya chempionatiVena105 kg gacha12015Jahon chempionatiHyuston105 kg gacha2016Yevropa chempionatiForde105 kg gacha102016Xalqaro Fajr kubogiTehron105 kg gacha22016Avstriya chempionatiShrems105 kg gacha12016Yozgi Olimpiya oʻyinlariRio-de-Janeyro105 kg gacha112017Yevropa chempionatiSplit105 kg gacha42017Avstriya chempionatiFeldkirchen bei Graz105 kg gacha12017Jahon chempionatiAnaheim105 kg gacha112018Yevropa chempionatiBuxarest105 kg gacha32018Jahon chempionatiAshxobod109 kg gacha132018Avstriya chempionatiBraunau am Inn105 kg dan ortiq12019Yevropa chempionatiBatumi109 kg gacha82019Koʻk qilich kubogiMeissen109 kg gacha12019Jahon chempionatiPattaya109 kg gacha162019Avstriya chempionatiLinz109 kg dan ortiq12020Jahon chempionatiRim109 kg dan ortiq52020IWF Rogue World ChallengeKolumbiya109 kg dan ortiq32021Yevropa chempionatiMoskva109 kg gacha92021Ochiq chempionat109 kg gacha2021Yozgi Olimpiya oʻyinlariTokio109 kg gacha

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:14-sentabrda tugʻilganlar