Marina Sergeyevna Vyazovskaya () (2-dekabr 1984-yilda tugʻilgan) — ukrainalik matematik, fizika-matematika fan nomzodi (Ukraina Milliy fanlar akademiyasi Matematika instituti, 2010), Dr. rer. nat. (Bonn universiteti, 2013). Vyazovskaya sakkiz oʻlchovli fazoda teng sferalarning zich joylashuvi masalasi yechimini topgan. Bu ishi uchun Salem mukofoti bilan taqdirlangan. 2022-yilda esa Fields medali bilan taqdirlandi. Vyazovskaya tarixda Fields medali olgan ikkinchi matematik ayol hisoblanadi.

Hayoti Vyazovskaya 1984-yilda Kiyevda tugʻilgan. Kiyevdagi 145-sonli tabiiy fanlar litseyida oʻqigan, matematika olimpiadalarida qatnashgan. Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universitetining mexanika-matematika fakultetida tahsil olgan. 2002–2005-yillarda matematika boʻyicha xalqaro talabalar olimpiadasida sovrinli oʻrinlarni egallagan. 2002–2005-yillarda esa birinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng u Germaniyada oʻqishni davom ettirgan va 2007-yilda Kaiserslautern shahrida magistr darajasini olgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/2d/Maryna_Viazovska_MFO_2012.jpg/235px-Maryna_Viazovska_MFO_2012.jpg|left|thumb|235x235px| Marina Vyazovskaya Oberwolfach matematika institutida, 2012-yil 2010-yil may oyida Ukraina milliy fanlar akademiyasining Matematika institutida „Koʻpnomlar va ratsional funksiyalar uchun tengsizliklar hamda sohadagi kvadratura formulalari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2013-yilda Bonn universitetidan PhD darajasini olgan. Uning „Modulli funksiyalar va maxsus sikllar“ () nomli doktorlik dissertatsiyasi Don Zagier rahbarligida yozilgan boʻlib, analitik sonlar nazariyasi mavzusidadir.

Vyazovskaya Berlin matematika maktabi va Berlin Gumboldt universitetida tadqiqotchi oʻlaroq ishlagan. 2020-yildan Shveysariyaning Lozanna federal politexnika maktabining professori boʻlib ishlab kelmoqda.

Shaxsiy hayoti Vyazovskayaning turmush oʻrtogʻi fizik Danel Evtushinskiydir. Ularning bir oʻgʻli va bir qiziLin, Thomas; Klarreich, Erica In Times of Scarcity, War and Peace, a Ukrainian Finds the Magic in Math Quanta Magazine bor.

Mukofotlari Salem mukofoti (2016) Klay matematika instituti mukofoti (2017) SASTRA Ramanujan mukofoti (2017) Kombinatorika boʻyicha Yevropa mukofoti (2017) Matematika boʻyicha ilmiy yutuq mukofoti (2018) Fermat mukofoti (2019) Ruth Lyttle Satter matematika mukofoti (2019) Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2020) Fields medali (2022) 1-darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (2022-yil 13-iyul, Ukraina) — jahon ilm-fani rivojiga, milliy matematika maktabini ommalashtirishga, Ukraina davlati nufuzini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi uchunUkaz Prezidenta Ukraini ot 13 iyulya 2022 goda № 496/2022 "O nagrajdenii Vyazovskoy M. S. ordenom „Za zaslugi“

Manbalar

Havolalar Marina Vyazovskayaning shaxsiy sahifasi Marina Vyazovskayaning fotosuratlari Marina Vyazovskayaning ilmiy nashrlari

Turkum:Ayol matematiklar Turkum:Fields medali sovrindorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:2-dekabrda tugʻilganlar Turkum:WikiAyollar