Diyorjon Turapov (1994-yil 9-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik yarim himoyachi, hozir Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati „Olmaliq“ jamoasi tarbiyalanuvchisi. 2013-yilgacha u yoshlar jamoasida oʻynagan. 2013-yil boshida asosiy jamoa futbolchisiga aylandi. Umuman olganda, oʻz jamoasi uchun 76 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan.
2017-yilda „Lokomotiv“ (Toshkent) jamoasiga oʻtdi va bu bilan bir qator milliy sovrinlarni qoʻlga kiritdi. Lokomotiv jamoasi safida 5 mavsum davomida ajralmas oʻyinchilarida biriga aylandi va 2022-yilgi mavumda jamoasini almashtirishga qaror qildi..
2022-yilgi mavsumning yozgi transfer oynasi vaqtida Namanganning „Navbahor“ klubiga transfer qilindi. 2023-yilgi mavsumda Fargʻonaning Neftchi klubi tarkibiga oʻtdi. 2024-yilgi mavsum oldidan „Neftchi“ jamoasi bilan shartnomasi ikki yilga uzaytirganini eʼlon qildi.
Milliy tarma jamoa 2013-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bilan birga yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida 6 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 2014-yilda terma jamoaga chaqirilgan va 29-may kuni Ummon terma jamoasiga qarshi bitta oʻyin oʻtkazgan.
Yutuqlari Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2017, 2018 Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2019, 2022 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2017 Oʻzbekiston Kubogi ikkinchi oʻrin: 2022 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2019
Manbalar
Havolalar Diyor Turopov NFT saytida Diyor Turopov Transfermarkt saytida Diyor Turopov Soccerway saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar